Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining Osiyodagi sherik davlatlar bilan rivojlanish siyosati boʼyicha hamkorligining yangi strategiyasi

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ)

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ), © Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ)

15.03.2024 - Maqola



Koʼp yillar mobaynida Germaniya rivojlanish sohasida Osiyo bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik uchun yangi asos yaratmoqda.

Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vaziri Svenja Schulze 2023 yil dekabr oyida vazirlikning yangi strategiyasini taqdim etdi.

Ushbu strategiyaga binoan, kelajakda Osiyo sherik davlatlari bilan rivojlanish siyosati boʼyicha hamkorlik beshta asosiy tamoyilga asoslanadi:

1. Feministik rivojlanish siyosati,

2. Iqlimga mos rivojlanishni ragʼbatlantirish,

3. Yaxshi ish-yashil ish joylarni mustahkamlash.

4. Ijtimoiy taʼminot tizimlarini mustahkamlash,

5.Biologik xilma-xillikni saqlash.

Qadriyatlar va manfaatlar har doim ham bir-biriga toʼgʼri kelmaydigan holatlarda ham, yangi strategiya qoʼshma xalqaro harakatlarni ragʼbatlantirish uchun muloqot va oʼzaro eʼtiborga tayanadi.

Germaniya taraqqiyot vaziri Svenja Schulze: "Osiyo dunyodagi iqtisodiy jihatdan eng kuchli mintaqalardan biridir. Dunyodagi har ikkinchi odam Osiyoda istiqomat qiladi. Bundan kelib chiqadiki, hech qanday dolzarb global muammoni Osiyo mamlakatlari bilan hamkorliksiz hal qilib boʼlmaydi. Bu ayniqsa, Osiyo mamlakatlariga katta kuch bilan zarba berayotgan iqlim oʼzgarishiga taalluqlidir. Shu asnoda biz Osiyo bilan hamkorligimizni yangi asos qoʼymoqdamiz. Bizning maqsadimiz ijtimoiy adolatli asosda ekologik barqaror oʼzgarishlarni birgalikda yaratishdir."

Strategiya havolasi bu yerda keltirilgan (ingliz va nemis tillarida):

https://www.bmz.de/resource/blob/195426/deutsche-entwicklungspolitik-mit-asien.pdf

https://www.bmz.de/resource/blob/195430/german-development-policy-with-asia.pdf

Sahifa boshiga qaytish