Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Konsullik xizmatlari portali: viza arizasini tez, oson va xavfsiz ravishda onlayn topshirish
Auslandsportal © Auswärtiges Amt
Federal Tashqi ishlar vazirligi foydalanuvchilarga xorijdagi Germaniya vakolatxonalariga onlayn tarzda xizmatlar so'rash imkonini berish uchun maxsus konsullik xizmatlarining markaziy portalini yaratdi.
Yollanib ishlash, oliy o‘quv yurtida o‘qish, kasbiy ta’lim yoki oilani qayta birlashtirish uchun vizaga odatda onlayn ariza topshirish mumkin – buni arizachi nafaqat o‘zi, balki oila a’zolari yoki boshqa hamrohlik qiluvchi shaxslar uchun ham qilishi mumkin; buning uchun birgalikda vizaga ariza topshirish lozim Shunday qilib, portal nemis mehnat bozori sari intilayotgan malakali mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydi va nemis ish beruvchilari yoki agentliklariga bo‘lajak xodimlar yoki ularning vakillari bo‘lgan shaxslar nomidan ariza topshirish imkonini yaratadi.
Shaxsiy tashrif endilikda faqat biometrik ma’lumotlarni (barmoq izlari va fotosurat) topshirish, muayyan hujjatlarni asli bilan solishtirish va to‘lovni amalga oshirish uchungina talab etiladi. Raqamli dastlabki ko‘rib chiqish doirasida konsullik xodimlarining murojaatchilarga maslahat berishini o‘z ichiga olgan xizmatlar portali oddiy, xavfsiz onlayn ariza topshirish orqali jarayonni soddalashtiradi.
Bu qanday amalga oshiriladi:
Shaxsiy foydalanuvchi raqamingiz (akkauntingiz) orqali ro‘yxatdan o‘ting – smartfon, planshet yoki noutbuk yordamida bo‘ladimi mutlaqo ahamiyatsiz, istalgan qurilmadan foydalanishingiz mumkin.
Istalgan vaqtda, istalgan joydan
Onlayn arizani uydan turib yoki yo‘lda ketayotib ham yuborishingiz mumkin. Ma'lumotlaringizni kiriting va hujjatlaringizni yuklang. So‘ng arizani tegishli diplomatik vakolatxonaga yoki ushbu vakolatxonaga tashqi xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli viza markaziga onlayn tarzda yuboring.
Shaxsiy tashrif puxta tayyorgarlikni talab etadi.
Arizangiz to‘g‘riligi va to‘liqligi dastlabki tekshiruvdan o‘tkaziladi va sizga bu haqida onlayn xabar keladi. Siz taqdim etgan ma'lumotlar yoki hujjatlar bilan bog‘liq noaniqliklar yuzaga kelsa, ularni oldindan hal qilish, ma'lumotlar va hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki muvofiqlashtirish mumkin.
Raqamli dastlabki ko‘rib chiqish tugaganidan so‘ng, siz xizmatlar portalida tegishli diplomatik vakolatxona yoki tashqi xizmat ko‘rsatuvchi bilan qabul vaqtini belgilaysiz. Shu orqali siz optimal ravishda tayyor bo‘lasiz. Shaxsiy qabul tez va samarali amalga oshadi: zarur bo‘lsa qabul belgilanayotgan vaqtda qayd etgan hujjatlarning aslini taqdim etasiz, biometrik ma'lumotlarni (barmoq izlari va fotosurat) topshirasiz hamda to‘lov qilasiz.
Ariza ko‘rib chiqilishi holati
Arizangizning joriy holatini xizmatlar portalida ko‘rishingiz mumkin. Qaror qabul qilinganidan so‘ng, shaxsiy foydalanuvchi raqamingiz (akkauntingiz) orqali keyingi qadamlar haqida sizga xabar beriladi.
Kengaytirilgan taklif
2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha viza bo‘limlari konsullik xizmatlari portaliga texnik jihatdan bog‘langan va 2025-yil noyabr oyidan boshlab birgina foydalanuvchi raqami (akkaunt) orqali guruhlar uchun arizalar topshirish mumkin. Bir yilning o‘zida 100.000 dan ortiq arizachi ushbu onlayn xizmatdan muvaffaqiyatli foydalandi. Hozirda uzoq muddatli vizalar uchun onlayn arizalar Germaniyada bo‘lishning 28 xildagi turli maqsadlari uchun mavjud. Shengen vizasi uchun onlayn ariza topshirish imkoniyati hozirda mavjud emas. Takliflarni kengaytirish va foydalanuvchilarga qulay qilish maqsadida konsullik xizmatlari portali doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda; vaqti kelib portal qo‘shimcha funktsiyalar va onlayn ariza turlari orqali kengaytiriladi.
Muayyan turdagi viza arizasi tegishli diplomatik vakolatxonada onlayn tarzda mavjud bo‘lmasa, qog‘ozdagi arizani topshirish uchun diplomatik vakolatxona yoki viza markaziga (tashqi xizmat ko‘rsatuvchi) qabulga yozilishingiz mumkin. Elchixonaning vakolat hududiga portal o‘zgarishlar kiritmaydi; shuning uchun tegishli diplomatik vakolatxona kerakli ariza turi hali onlayn ko‘rinishda bo’lmasa, boshqa diplomatik vakolatxonada onlayn ariza topshirishga urinmang. Arizangizni topshirgan bo‘lsangiz yoki kutish ro‘yxatida bo‘lsangiz, siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi: odatda yangi ariza topshirishingiz shart emas.