Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Bola(lar) bilan oilani birlashtirish uchun viza

Maqola

Bola(lar) bilan oilani birlashtirish uchun viza balog’atga yetmagan bolalarga Germaniyaga ko’chib o’tish imkonini beradi. Viza vasiylik huquqiga ega shaxs Germaniyada qonuniy yashayotgan bo’lsa yoki (masalan turmush o’rtog’I bilan oilani birlashtirish doirasida yoki ishlash maqsadida) bola bilan birga kirib kelmoqchi bo’lsa beriladi. Balog’atga yetgan bolalar bilan oilani birlashtirishga faqat mushkul vaziyatga yechim topish maqsadidagi istisno xolatlardagina ruxsat beriladi.

Balog’atga yetmagan bolalar viza arizasini topshirish uchun viza bo’limiga shaxsan kelishlari lozim!

Ariza topshirish uchun Sizga quyidagi hujjatlar zarur

  • Taaluqli bo’lsa: ota-onasining nikoh tuzilgani haqida guvohnomasi
  • Taaluqli bo’lsa: mas`ul FHDYOning otalikni tan olish haqidagi hujjati yoki ota haqidagi ma`lumotlar tugìlganlik haqidagi guvohnomaga qay asosda kiritilgani haqida FHDYOning (ariza topshirish paytida berilganiga 4 haftadan oshmagan) ma`lumotnomasi
  • Agar bola(lar) bilan oilani birlashtirish uni tarbiyalash huquqiga ega bo’lgan ota onasining biri bilan amalga oshirilishi lozim bo’lsa, boshqasining bolaning xorijga chiqishiga notarius tomonidan tasdiqlangan (vizaga ariza topshirayotgan paytda berilganiga 6 oydan oshmagan) ruxsatnomasi Taaluqli bo’lsa: Ota onalik huquqidan mahrum etish haqida sud qarori
  • Bola(lar) bilan oilani birlashtirayotgan, Germaniyadagi shaxsning pasporti hamda Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomasining nusxasi
  • Bola(lar) bilan oilani birlashtirayotgan, Germaniyadagi shaxsning turar joyidan ma`lumotnoma
  • Taaluqli bo’lsa: viza arizasini topshirayotganda 16 yoshga to’lgan va allaqachon Germaniyada bo’lgan xorijlik otasi yoki onasi bilan oilani birlashtirayotgan bolalar uchun: tillar bo’yicha umumyevropa ma’lumotlarning C1 darajasidagi sertifikati
  • Ijobiy qaror qabul qilinsa, viza berilishidan avval tibbiy sug’urta haqidagi tasdiqnomani taqdim etishingiz lozim

Nemis tili bo'yicha bilim darajasini tasdiqlash

O´zbekiston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini tekshirish

Ariza topshirish uchun asos sifatita oilaviy rishtalarning mavjudligi fuqarolik holati dalolatnomalari orqali isbotlanishi lozim. Odatda O´zbekiston Respublikasining tegishli  idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari viza arizasini ko’rib chiqish doirasida tekshirilishi lozim. Bu borada elchixona Germaniyadagi mas`ul xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora bilan kelishilgan xolda qaror qabul qiladi. Uchinchi davlatlarning tegishli idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari shuningdek legalizatsiya qilingan yoki apostil muhri bilan haqiqiyligi tasdiqlangan bo’lishi ham mumkin.


Sahifa boshiga qaytish