Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Oilani birlashtirish uchun viza
Muhim ma’lumot
Germaniya fuqarosining turmush o’rtogi yoki farzandlari bilan oilani birlashtirish maqsadidagi viza arizasini ko’rib chiqish uchun to’lanadigan konsullik badalidan ozod etiladi.
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi
- Germaniyada yashayotgan turmush o´rtog‘i pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
- Arizachi va uning turmush o´rtogi pasportlarining mamlakat va xorijga kirish-chiqish muhri qo´yilgan sahifalaridan nusxa
- Agar tegishli bo´lsa: Germaniyada yashovchi turmush o´rtog’i (oilani birlashtirayotgan Germaniyadagi shaxs) ning Germaniyada vaqtinachalik yashash uchun ruxsatnomasining nusxasi
- Germaniyada yashovchi turmush o´rtog‘ining yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi haqida ma´lumotnoma
- Nikoh guvohnomasi va uning notarius tomonidan tasdiqlangan nemis tiliga tarjimasi
- Agar tegishli bo´lsa: umumiy farzandlarning tug’ilganlik haqida guvohnomalari va ularning notarius tomonidan tasdiqlangan nemis tiliga tarjimasi
- Nemis tilidan A1 darajada bilimga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlar
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba’zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo’lmasligi viza arizasini ko´rib chiqish jarayonining cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.
Nemis tili bo'yicha bilim darajasini tasdiqlash
Fuqarolik holati dalolatnomalarini tekshirish
Viza uchun ariza topshirishning asosi sifatida oilaviy munosabatlarning mavjudligi fuqarolik holati dalolatnomalari orqali tasdiqlanadi. Odatda O´zbekiston Respublikasining tegishli idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari tekshirilishi lozim. Bu haqidagi qarorni elchixona Germaniyadagi xorijliklar masalalari boy‘icha mas’ul idora (Ausländerbehörde) bilan o'zaro kelishgan xolda qabul qiladi.
Uchinchi mamlakatlar tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari haqiqiyligini tasdiqlash uchun, vaziyatdan kelib chiqqan holda, legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo´lishi lozim.