Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Biznes viza

Maqola

Muhim ma’lumot

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Visametric firmasi bilan rasman hamkorlik qiladi. Shundan kelib chiqib, viza bo´limi sug´urta kompaniyalari, sayyohlik firmalari yoki boshqa xizmat ko´rsatuvchilar bilan hech qanday hamkorlik qilmasligini ma´lum qiladi va ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni qatiyan maslahat beradi.

Elchixona web-sahifasida joylashtirilgan viza olish jarayoni haqidagi ma´lumotni o’qib chiqqaningizdan keyin ham viza bo´yicha savollaringiz bo’lsa to´g´ridan to´g´ri Visametric firmasiga, yoki agar viza bo´limiga qabulga yozilgan bo´lsangiz elchixonaga murojaat qiling.

Barcha taqdim etilgan nusxalar DIN A4 formatida bo´lishi kerak.

Qabulga quyidagi hujjatlarni olib kelishingizni so‘raymiz:

konsullik badali:

  • 12 yoshdan katta bo'lgan shaxslar uchun 80 yevro; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo´lgan bolalar uchun 40 yеvro; besh yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul.
  • ayrim shaxslar (masalan Yevropa ittifoqiga a´zo davlatlardan biri fuqarosining turmush o‘rtog´i va voyaga yetmagan farzandlari) va ma´lum bir maqsadda safar qilayotgan shaxslar viza badalini to´lashdan ozod etiladi. Bu haqida batafsil ma´lumotni viza bo’limidan olishingiz mumkin.
  • to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan kursga muvofiq faqat o´zbek valyutasi so´mda amalga oshiriladi

Bundan tashqari, Visametric web sahifasida keltirilgan qo´shimcha xizmat badali olinadi.

Pasport (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 nusxasi):

  • viza uchun kamida ikkita bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi
  • so‘nggi 10 yil ichida berilgan
  • amal qilish muddati so‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart.

Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan viza so‘rovnoma blanki

  • 2 dona yangi biometrik fotosurat (ulardan biri so‘rovnomaga yopishtirilgan holda):
  • Biometrik, oq rangli fonda,
  • 3,5cm x 4,5 cm kattalikda
  • ishlov berilmagan rasm!

Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxasi bilan):

  • barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan
  • rejalashritilgan kunlar va 15 kunlik qo‘shimcha muddatni o‘z ichiga olgan,qoplash miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmagan
  • sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchi shaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistonda tuzilishi mumkin

taklif qiluvchi tarafning rasmiy taklifnomasi (taklifnomaning asli viza bo´limida qoladi); agar taklifnoma nemis yoki ingliz tilida bo´lmasa, uning nemis tiliga tarjimasi ilova qilinishi lozim VA/YOKI

safar maqsadini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (masalan ko´rgazma/anjumanlarga kirsih chiptasi yoki taklifnoma, xozirgacha qilingan hamkorlik haqida tasdiqnomalar)

Safarni moliyalashtirish:

  • taklifnomaning bir qismi sifatida: xarajatlarni qoplash bo´yicha (Germaniyada vaqtincha bo‘lish haqidagi qonunning 66–68 moddalariga asoslangan) kafolat
  • agar xizmat safari to'liq yoki qisman o'zingiz va/yoki ish beruvchi tomonidan moliyalashtirilgan bo'lsa: o’zingizning shaxsiy bank hisob raqamingiz va/yoki ish beruvchining bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy davomidagi pul aylanmalari va yetarlicha mablag‘ borligini tasdiqlovch ko'chirma.

  • yashah uchun joy tasdiqnomasi

Mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjat

             Ishchilar uchun:  ish beruvchi tómonidan berilgan ma´lumotnoma quyidagilarni o´z ichiga olishi  

             lozim: 

  • lavozim, ishlayotgan davr
  • oxirgi 12 oyda to´langan maosh
  • safar rejalashtirilgan muddat uchun berilgan ta´til
  • ish beruvchining manzili, telefon raqami (statsionar), web sahifasi / e-mail STIR/INN raqami), hamda www.my.gov.uz sahifasidan olingan mehnat daftarchasidan ko'chirma

            Mustaqil ravshda ish yurituvchilar uchun:

  • firmaning hokimiyatda ro’yhatdan o’tganligi haqida guvohnomasi (STIR/(INN) raqami va firma egasi qayd etilgan hujjat (asli + 1 nusxasi)  
  • so´nggi soliq bayonotnomasi

Agar taaluqli bo´lsa: so´nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportning kirish chiqish shtamplari qoýilgan sahifalaridan nusxa

 Oxirgi 3 yilda Shengen vizasidan foydalanmagan arizachilar uchun:

  • Nikoh haqida va voyaga yetmagan farzandlarning tug'ilganlik haqida guvohnomalaridan nusxalar, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamagan pasporti (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa)
  • Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat
  • Boshqa mulk egaligi haqida hujjatlar

Voyaga yetmagan arizachilar uchun:

  • Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi nusxasi
  • Vasiylik huquqiga ega shaxslar pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
  • Vasiylik huquqiga 2 shaxs ega bo’lsa va ularing ikkisi ham ariza topshirish vaqtida hamrohlik qilsa:
  • Vasiylik huquqiga ega shaxslarning ariza blankidagi shaxsiy imzolari
  • agar vasiylik huquqiga ega bo‘lgan (2) shaxsning faqat birigina ariza topshirish vaqtida hamrohlik qillsa:
  • vasiylik huquqiga ega ikkinchi shaxsning bolaga hujjat topshirish uchun notarius tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomasi

Vasiylik huquqiga bir kishi ega bo‘lsa:

  • Bola tarbiyasi uchun faqat bir kishi mas’ulligini tasdiqlovchi hujjat (masalan sud qarori yoki FXDYO ma´lumotnomasi)
  • Vasiylik huquqiga ega shaxsning ariza blankidagi shaxsiy imzosi

Viza bo‘limi vaziyatga qarab viza so‘rovnomangiz borasida qaror qabul qilishi uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin. Bu haqida sizga hujjat topshirayotganingizda yoki topshirganingizdan so‘ng xabar beriladi.

 

 

Sahifa boshiga qaytish