Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Mehmonga borish uchun viza

Maqola

Muhim ma’lumot

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan rasman hamkorlik qiladi. Shundan kelib chiqib viza bo´limi sug´urta kompaniyalari, sayyohlik firmalari yoki boshqa xizmat ko´rsatuvchilar bilan hech qanday hamkorlik qilmasligini ma´lum qiladi va ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni qattiyan maslahat beradi.

Elchixona yoki Visametric web-sahifalarida joylashtirilgan viza olish jarayoni haqidagi ma´lumotlarni o’qib chiqqaningizdan keyin ham viza bo´yicha savollaringiz bo’lsa to´g´ridan to´g´ri Visametric xizmat ko'rsatuvchisiga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Barcha taqdim etiladigan xujjat nusxalari DIN A4 formatida bo´lishi kerak.

Konsullik badali 12 yoshga to’lgan shaxslar uchun 80 yevro; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo´lgan bolalar uchun 40 yеvroni tashkil etadi. Ushbu to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan ayrboshlash kursiga muvofiq faqat o´zbek valyutasi so´mda amalga oshiriladi.

5 yoshgacha bo’lgan bolalar, Yevropa Ittifoqiga a´zo davlat fuqarosining turmush o‘rtog´i va voyaga yetmagan farzandlari konsullik badalini to´lashdan ozod etiladi. Bu haqida batafsil ma´lumotni viza bo’limidan olishingiz mumkin.

Bundan tashqari Visametric web-sahifasida keltirilgan qo´shimcha xizmat badali to'lanadi.

Quyidagi hujjatlar shengen vizasini olish uchun arizaga ilova qilinadi: 

  • Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan va imzolangan viza so‘rovnoma blanki, hamda Germaniyada bo'lish qonunining 54§ 2-bandi 8-so'zboshi va 53§ muvofiq imzolangan yo'riqnoma
  • Tibbiy sug'urta polisi bo'yicha imzolangan yo'riqnoma
  • Pasport (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 dona nusxasi): kamida ikkita viza uchun bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi, so‘nggi 10 yil ichida berilgan, amal qilish muddati so‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart.
  • 2 dona yangi biometrik fotosur´at (ulardan biri so‘rovnomaga yopishtirilgan holda): biometrik, oq rangli fonda, hajmi 3,5 cm x 4,5 cm, ishlov berilmagan rasm!
  • Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxa): barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan rejalashritilgan safar muddati va qo‘shimcha 15 kunlik muddatni o‘z ichiga olgan, sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmagan bo'lishi shart. Sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchi shaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistonda tuzilishi mumkin
  • taaluqli bo´lsa: so´nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportdagi kirish va chiqish belgilari qo'yilgan sahifalaridan nusxa
  • O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun: O'zbekistonda yashahsh uchun ruxsatnoma/ro'yaxatga olinganlik haqidagi hujjatning asli + 1 nusxasi, hamda pasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qo'yilgan sahifasidan nusxa

Safar maqsadini tasdiqlash:

  • Taklif qiluvchi tomonidan safar maqsadi, yashah manzili, safarni moliyalashtirish va taklif qilinayotgan shaxsga boʻlgan munosabati koʻrsatilgan norasmiy taklifnoma (nemis yoki o’zbek tillarida). Buning uchun ushbu havoladagi shakldan foydalanish mumkin.
  • Shvetsiya uchun: rasmiy taklifnoma ingliz tilida taqdim etilishi shart.
  • taklif qiluvchi shaxsning pasportidan va kerak bo’lsa Germaniyada yashash uchun berilgan ruxsatnomasidan nusxa
  • taaluqli bo´lsa: taklif qiluvchi shaxs bilan qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi hujjatlar: tug‘ilganlik haqida guvohnoma va/yoki nikoh tuzilgani haqida guvohnomaning nusxasi

Safarni moliyalashtirish:

  • Germaniyada bo'lish qonunining 66-68 §§ asosida Germaniyada mas'ul xorijiy fuqarolar idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish haqida rasmiy ariza (asli + 1 nusxasi).  Ushbu hujjat viza arizasi topshirilayotgan vaqtda 6 oydan oshmagan muddat ichida rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim. Shvetsiya uchun: rasmiy taklifnomna ingliz tilidfa taqdim etilishi shart.

VA/YOKI

  • Safarni o‘z hisobidan moliyalashtirish: bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak.
  • mavjud bo'lsa: boshqa daromad va mulklarni tasdiqlovchi hujjatlar: masalan nafaqa, ijaradan olinadigan daromadlar, kapital daromadlar va hokazo
  • Turmush qurgan arizachilar turmush o'rtog'ining bank hisob-raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak, hamda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning asli va 1 nusxasini taqdim etadilar
  • Voyaga yetmagan arizachilar ota yoki onasining bank hisobidan ko'chirma hamda tug'ilganlik haqida guvohnoma asli va 1 nusxasini taqdim etadilar. 

Qo'shimcha hujjatlar:

  • Ishchilar uchun: ish joyidan berilgan ma´lumotnoma quyidagilarni o´z ichiga olishi lozim: lavozim, ishlayotgan davr, oxirgi 12 oyda to´langan maosh, safar rejalashtirilgan muddat uchun berilgan mehnat ta´tili, ish beruvchining manzili, telefon raqami (statsionar), web sahifasi / e-mail STIR/INN raqami
  • Mustaqil ravshda ish yurituvchilar uchun: firmaning hokimiyatda ro’yhatdan o’tgani haqida guvohnoma, shuningdek (STIR/(INN) raqami va firma egasi qayd etilgan hujjat (asli + 1 nusxasi), so´nggi soliq bayonotnomasi
  • Nafaqaxo'rlar uchun: nafaqa hisob raqamidan oxirgi 6 oy uchun ko'chirma
  • Talabalar uchun: ta'lim olayotgan oliygohdan ma'lumotnomaning asl nusxasi. Bunda: ta'lim olish turi, bosqich, qolgan o'qish davri. Agarda safar semestr paytida rejalashtirilgan bo'lsa, darsdan ozod etilganligi haqida ruxsatnomaning asl nusxasi  
  • O'quvchilar uchun: maktabdan tasdiqlovchi ma'lumotnoma. Agar safar o'quv yili davomida rejalashtirilgan bo'lsa, darsdan ozod etilgani haqida ruxsatnomaning asl nusxasi
  • Taaluqli bo'lsa: nikoh haqida va voyaga yetmagan farzandlarning tugílganlik haqida guvohnomalari asli + nusxalari, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamagan pasporti (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa)
  • Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat, boshqa mulk egaligi haqida hujjatlar

Voyaga yetmagan arizachilar uchun:

  • Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi nusxasi
  • Vasiylik huquqiga ega shaxslar pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
  • Vasiylik huquqiga ikki shaxs ega bo’lsa va ularing ikkisi ham ariza topshirish vaqtida hamrohlik qilsa: vasiylik huquqiga ega shaxslarning ariza blankidagi shaxsiy imzolari
  • agar vasiylik huquqiga ega bo‘lgan ikki shaxsning faqat birigina ariza topshirish vaqtida hamrohlik qillsa: vasiylik huquqiga ega ikkinchi shaxsning bolaga hujjat topshirish uchun notarius tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomasi
  • Vasiylik huquqiga bir kishi ega bo‘lsa: bola tarbiyasi uchun faqat bir kishi mas’ulligini tasdiqlovchi hujjat (masalan sud qarori yoki FXDYO ma´lumotnomasi, yoki boshqa vasiy shaxsning o'limi haqida guvohnoma), hamda vasiylik huquqiga ega shaxsning ariza blankidagi shaxsiy imzosi.
  • agar mavjud bo'lsa: hamrohlik qiluvchi shaxs/hamrohlik qiluvchi ota-onalar/hamrohlik qiluvchi ota yoki onaning amaldagi Shengen vizalari nusxalari

  • Voyaga yetmagan bolalar faqat ota yoki onasi bilan, yoki uchinchi shaxs hamrohligida, yoki yolg'iz sayohat qiladigan taqdirda: voyaga yetmagan farzandi bilan birga sayohatga chiqmayotgan ota-onalarning Shengen hududiga hamrohlik qiluvchi shaxs yoki o'zi yolg'iz sayohat qilishi va so'ralgan vizaning butun amal qilish muddatiga berilgan  notarial tasdiqlangan ruxsatnoma arizasining asli + nusxasi. (tarjimasi bilan)

Elchixona arizani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lsa, qo'shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi vizaning avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi.

Sahifa boshiga qaytish