Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniya elchisi Dr. Tilo Klinner

Botschafter Dr. Tilo Klinner, © Pachevskiy
Tug'ilgan sanasi va joyi: 1958-yil Wyurtsburg shahri (Bavariya), uylangan, 2 nafar farzandi bor
1977 y. Vyurtsburg shahrida yetuklik attestatini olish
1977 – 1983 y. Vyurtsburg va Lozannada huquqshunoslik bo'yicha oliy ta'lim
1983 y. Huquqshunoslik bo'yicha 1-davlat imtihonini topshirish
1983 – 1984 y. Passau dagi Bavariya o'lkasi sudida amaliyot
1984 – 1985 y. Kanadaning Monreal shahridagi MakGill universitetida aspirantura
1985 – 1987 y. Myunxen shahrida amaliyot o'tish, Bavariya
1987 y. Myunxen shahrida huquqshunoslik bo'yicha 2-davlat imtihonini topshirish, Bavariya
1987 – 1988 y. Myunxenda advokatlik faoliyati
1988 y. Vyurtsburg universitetida fan doktori ilmiy darajasi (Dr. jur. utr.)
1988 y. Federal Tashqi ishlar vazirligiga ishga kirish
1989 – 1990 y. Bonndagi Tashqi ishlar vazirligi, siyosiy boshqarma
1990 – 1993 y. Germaniyaning Moskvadagi elchixonasining siyosiy bo'limi
1993 – 1996 y. Bonndagi Tashqi ishlar vazirligining madaniyat departamenti
1996 – 1999 y. Port of Speyndagi Germaniya elchixonasida elchining doimiy o'rinbosari lavozimidagi faoliyat
1999 – 2002 y. Germaniyaning Pekindagi elchixonasi siyosiy bo'limi boshlig'i o'rinbosari
2002 – 2005 y. Berlindagi Tashqi ishlar vazirligi matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari
2005 – 2008 y. Ekaterinburgda bosh konsul
2008 – 2011 y. Federal Tashqi ishlar vazirligi, inspektor
2011 – 2015 y. Karachida bosh konsul, Pokiston
2015 – 2018 y. Tashqi ishlar vazirligining savdo siyosati, moliya va texnologiyalar, tashqi iqtisodiyotga ko‘maklashish, iqtisod va inson huquqlari bo‘yicha vakili, Berlin
2018 – 2021 y. Germaniya Federativ Respublikasining Nur-Sultondagi elchisi, Qozog’iston
2021 yildan Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchisi, O‘zbekiston