Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

LOGOTIP TANLOVI: Ochiq tanlovga hujjatlar topshirish muddati 2021 yil 24 oktyabr sanasigacha

Maqola

2022 yilda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yillik yubileyini nishonlaydilar.   

Biz shu mavzuga mos keladigan logotip izlamoqdamiz!

Biz sizlarni ham ushbu tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz. Logotip esa rasmiy logotip sifatida yubiley doirasida qo'llaniladi.

Logotip bizning diplomatik aloqalarimizni ijodiy elementlar bilan tasvirlab berishi kerak.

Tanlov Germaniyaning Ashxobod, Boku, Bishkek, Yerevan, Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent shaharlaridagi elchixonalari bilan birgalikda o'tkaziladi. Tanlov o'tkazilayotgan davlatlar vakillari hamda joylardagi Germaniya elchixonalari vakillaridan tashkil topgan hay'at a'zolari eng mos keladigan logotipni tanlab oladilar. 

Tanlov g'olibini iPad bilan taqdirlaymiz!  

Batafsil ma’lumotlar va to’ldirilishi kerak bo’lgan ariza shaklini pastda yuklab olishingiz mumkin.

boshqa mavzular

Sahifa boshiga qaytish