Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Elchi Manfred Xuterer va Ozbekiston Respublikasi Ekologiyaatrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ozgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Yashil universitetda

Green University

Green University © O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

23.05.2025 - Maqola

2025-yil 17-may kuni Germaniya va Qozog‘istondan kelgan professorlardan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Manfred Xuterer hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida Yashil universitet – Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Ushbu tashrif Markaziy Osiyo uchun akademik almashinuv, transchegaraviy hamkorlik va innovatsion iqlim yechimlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish, iqlim chora-tadbirlari va mintaqaviy hamkorlikka bo‘lgan xalqaro eʼtiborning tobora kuchayib borayotganini namoyon etadi.

Delegatsiya universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va rahbariyati tomonidan samimiy kutib olindi. Ular hozirgi akademik tashabbuslar, ekologik innovatsion loyihalar va kelajakdagi mintaqaviy hamkorlik rejalari haqida maʼlumot berdilar.

Muzokaralar davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Ekologik taʼlim va iqlim barqarorligi sohasida Germaniya-O‘zbekiston hamkorligini kuchaytirish;

Qo‘shma akademik tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash;

Yashil universitetning iqlim fanlari va siyosiy muloqotning mintaqaviy markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash.

Yashil universitet yana-da yashil va barqaror Markaziy Osiyoni yaratish maqsadida siyosat, ilmiy doiralar va xalqaro diplomatiyani birlashtiruvchi platforma vazifasini bajaradi.

Sahifa boshiga qaytish