Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Farrosh xodimani ishga olish maqsadida tanlov e’lon

Lupa ostida ish o'rinlari haqida e'lon

Lupe fokussiert Stellenangebote in einer Tageszeitung © Picture Alliance

03.03.2023 - Maqola

Ish o‘rniga tanlov haqida e’lon

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi imkon qadar tezroq farroshxodim/xodimani ishga olish maqsadida tanlov elon qiladi. 

Xodima/ xodimga yuklatiladigan vazifalar:

Quyidagi maydonlarni tozalash va parvarishlash

  • Ofis xonalari
  • Sanitariya-gigiyena xonalari
  • Oshxonalar
  • Ombor- va ustaxonalar
  • Ayvonlar
  • Tadbirlarga tayyorgarlik korishda komaklashish

Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar:

- Bino va xonalarni tozalashga oid tajriba

- Ishonchli, mustaqil, puxta va ehtiyotkor ish uslubi

- Jamoada ishlash qobiliyati

- Til bilimlari: rus va o‘zbek tillaridan tashqari nemis yoki ingliz tillarini bilish (bazaviy/boshlangich bilimlar)

Ish haqi mahalliy sharoitga va elchixonaning ish haqi tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. Elchixona ishchi-xodimlariga tibbiy sugurta taklif etadi. Ish vaqti haftasiga 40 soatni tashkil qiladi. Elon qilingan ish o‘rni dastlab bir yil bilan cheklanadi. Muddat tugagach, mehnat shartnomasini uzaytirish imkoniyati mavjud. Uch oylik sinov muddati qo‘llaniladi.

O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan nomzodlarning doimiy yashash va ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ish imkon qadar eng qisqa muddatlarda boshlanadi.

Iltimos, arizalarni (nemis, ingliz, rus yoki ozbek tillarda) quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda yuboring:

• Motivatsion xat

•Tarjimai hol (resyume)

• Ma’lumotnomalar, diplomlar

• Tavsiyanomalar

Arizalarni 2025-yil 16-iyungacha quyidagi manzilga 

Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi- Verwaltung/ Stellenausschreibung Vw -

Sharof Rashidov ko‘chasi 15, Toshkent 100017

yoki bewerbung@tasc.auswaertiges-amt.de elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Elchixona faqat to‘liq va belgilangan vaqt ichida yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishiga e’tibor qaratishingizni iltimos qilamiz. Ariza qabul qilinganligi haqidagi tasdiq yuborilmaydi va ariza hujjatlari qaytarilmaydi.

Elchixona faqat suhbatga taklif qilingan arizachilar bilan bog‘lanadi.

Germaniya Federal tashqi ishlar vazirligi ayollarnining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va malakali ayollarni ariza topshirishga taklif qiladi.

Muvaffaqiyatli tanlovdan so‘ng, ishga joylashishdan oldin elchixona bilan hamkorlik qiladigan shifokor tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi. Bu orqali nomzodning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ishga yaroqliligi tasdiqlanishi kerak.

Shaxsiy xavfsizlik tekshiruvi ham o‘tkaziladi. Sizning ushbu tekshiruvda ishtirok etishingiz talab etiladi.

Qisqa ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar tanlovning keyingi jarayoniga taklif qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun uzoqdan kelgan nomzodlarning yo‘l sarf-xarajatlari qoplanmaydi.

Elchixona haqida qo‘shimcha ma‘lumotni www.taschkent.diplo.de sahifasidan olishingiz mumkin.

Yevropa Ittifoqining umumiy ma‘lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi reglamentining 13-moddasiga muvofiq ma‘lumotlarni quyidagi manzilda topishingiz mumkin: https://www.germany.info/us-de/datenschutz.

Sahifa boshiga qaytish