Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Professional ta’lim masalalari bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tkazildi
Professional ta’lim masalalari bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi , © Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi
Professional ta’lim tizimini rivojlantirishga jalb qilingan xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumatlarning moliyaviy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida “Mamlakat platformasi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida joriy yilning 18-iyul kuni professional ta’lim tizimini rivojlantirishga jalb qilingan 12 ta xalqaro hamkor tashkilotlarning 30 nafardan ortiq vakillari ishtirokida onlayn va offlayn tarzda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliev va Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi hamkorlik bo‘limi rahbari doktor Maykl Vimmer ochib berdi.
Yig‘ilish davomida professional ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili, ish rejalarda belgilangan vazifalar hisoboti, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va ularni qiziqtirayotgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, YUNESKOning loyiha rahbari Sara El Attar, Germaniyaning GIZ tashkiloti vakili Mattias Klingenberg, Shveysariya elchixonasi milliy kordinatori Nodira Muhammadqulova, Koreyaning KOICA tashkiloti vakili Davron Xodjiev hamda vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida loyiha ekspertlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda professional ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, loyihalar hamda o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda hamkor tashkilotlarning rolini oshirish hamda Professional ta’lim masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi yig‘ilishlarini xar ikki oyda bir marta tashkil etishga kelishib olindi.
Matn Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan yaratilgan.