Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha seminar

Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha seminar

(chapdan oʻngga) Latif Zhalov, Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi; katta prokuror Dr. Ryudiger Raiff, Berlin quyi instantsiya prokuraturasi rahbari, i Bosh prokuror o'rinbosari Svetlana Ortiqova, Myunster Politsiya va davlat boshqaruvi universiteti professori Dr. Bijan Nowrousian, © IRZ

18.12.2023 - Maqola

2023-yilning 28 va 29 noyabr sanalarida Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu safar asosiy e’tibor yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligiga qaratildi.

Germaniyaning xalqaro huquqiy hamkorlik jamg'armasining (IRZ) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan maslahatlashuvlarning davomi sifatida 2023-yilning 28 va 29 noyabr sanalarida Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu safar asosiy e’tibor yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligiga qaratildi.

Tadbirda Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy sud, bojxona va boshqa idoralarning yuqori martabali vakillari, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bo‘lajak tergovchilari ishtirok etdi.

IRZ jamg'armasidan ikki nafar tajribali nemis ekspertlari, katta prokuror va Berlin quyi instantsiya prokuraturasi rahbari Dr. Ryudiger Raiff hamda Myunster shahridagi Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal o‘lkasi Politsiya va davlat boshqaruvi universiteti professori Bijan Nowrousian ishtirok ettilar. Ular Germaniyada korrupsiyaga qarshi kurashning bugungi holati haqida umumiy ma’lumot berdilar va ishtirokchilar bilan korrupsiya holatlari haqida ma'lumot bergan shaxslarning huquqiy himoyasi, boshqaruvchi va yuridik shaxslarning (jinoiy) javobgarligi, kompaniyalarda va davlat xizmatida komplayens talablarning ta’minlanishi, Germaniyada parlament a'zolariga pora berganlik uchun jinoiy javobgarlik kabi mavzularni muhokama qildilar.

Doktor Raiff Berlin prokuraturasi qoshidagi „Korrupsiyaga qarshi kurash“ markaziy idorasining sobiq rahbari va prof. doktor Nowrousian Kil shahri prokuraturasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat prokurori sifatidagi ko‘plab hayotiy misollarni nazariy jihatdan yoritilgan mavzular bilan to‘ldirib, nemis amaliyotini yaqqol namoyish etib berdilar.    

Sahifa boshiga qaytish