Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Murabbiylar va jismoniy tarbiya o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari

ITK international-coaching-course

ITK international-coaching-course, © Universität Leipzig

Maqola

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining madaniyat va ta'lim siyosati doirasida Leipzig universitetining ilmiy sport fakulteti rivojlanayotgan mamlakatlarning murabbiylari va jismoniy tarbiya o'qituvchilari uchun ingliz tilida yiliga ikki marta 5 oylik ta'lim kursini taklif etadi.

Talablar:

40 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar uchun:

- sport sohasida yakunlangan oliy ma'lumot;

- faol sportchi va murabbiy / jismoniy tarbiya o'qituvchisi tajribasi;

- yaxshi jismoniy va aqliy tayyorgarlik.

Kurs mazmuni:

1. Profil mavzusi (nazariya va amaliyot)

2. Umumiy ta'lim fanlari

3. Sport tibbiyoti

4. Sport pedagogikasi

5. Sport psixologiyasi

6. Sport sohasidagi menejment

7. Kuchli mashqlar

8. Nemis tili

Moliyalashtirish:

Malaka oshirish kursi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Har bir ishtirokchi har oyda stipendiya oladi. Ishtirokchi Germaniyaga kelish va ketish bilan bog'liq sayohat xarajatlarini o’zi ko’tarishi lozim.

Arizalar to'plami uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanishi kerak:

  • taklif qilingan kurs tilida to'ldirilgan so'rovnoma
  • ariza topshirish muddatidan 3 oy oldin olingan laboratoriya tekshiruvlarining asl nusxalari ilova qilingan kurs tilida to'liq to'ldirilgan tibbiy ko'rik shakli,
  • jismoniy tarbiya o'qituvchisi / murabbiyi / jismoniy tarbiya va sport o'qituvchisi ixtisosligi bo'yicha tugatilgan oliy ma'lumot diplomlari va / yoki o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi to'g'risidagi guvohnomalarining nusxalari (kurs tilida yoki tavsiya etilgan kursning tiliga tarjimasi bilan tuzilgan)
  • tanlangan sport turi bo'yicha jismoniy tarbiya o'qituvchisi / murabbiyi / jismoniy tarbiya va sport o'qituvchisi sifatida o'zingizning tajribangiz haqida hujjatning tavsiya etilgan kurs tilida notarial tasdiqlangan nusxasi
  • tanlangan sport turida faol sportchi sifatida tajribangiz haqida hujjatning , tavsiya etilgan kurs tilidagi notarial tasdiqlangan nusxasi
  • Hujjat yoki tavsiya etilgan kursning til darajasi to'g'risida maxsus hujjat ((Englsch B2 / C1), agar bu til abituriyent mamlakatining rasmiy tili bo'lmasa,
    yoki nemis tili bilimlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
  • Pasport nusxasi
  • 4 ta biometrik pasport fotosurati

01.08.2024 dan 31.01.2025 gacha bo'lgan davr uchun quyidagi kurslar taklif etiladi:

            Gandbol - ingliz tilida

            Suvda suzish - frantsuz tilida

            Yengil atletika - ispan tilida

            Basketbol- arab tilida

 Germaniya elchixonasiga ariza topshirishning oxirgi muddati: 20.03.2024.

Kurs mazmuni, kirish shartlari, talab qilinadigan hujjatlar va mablag' haqida batafsil ma'lumot olish uchun elchixona Leipzig universiteti ilmiy sport fakulteti murabbiylari uchun xalqaro kurslar veb-saytiga tashrif buyurishni so'raydi: ariza berish tartibi.


Sahifa boshiga qaytish