Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Qiyin vaziyat-/holatlar doirasida oila birlashtirish uchun viza
Agar biron bir oila a´zosi favqulodda boshqa bir oila a´zosining yordamiga muhtoj bo´lsa va bu yordam faqatgina Germaniyada berilishi mumkin bo`lsa (masalan biron bir maxsus/alohida/o'ziga xos yordamga muhtojlik) shundagina viza berilishi mumkinligiga e´tibor berishingizni so´raymiz.
Qiyin vaziyat-/holatlarni asoslovchi/belgilovchi omillar doimo shaxsiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim (masalan kasallik, nogironlik, o'zgalar parvarishiga muhtojlik, ruhiy kamchilik).
Yurtingizdagi, masalan, noqulay ta´lim, moliyaviy-, ijtimoiy holat-/sharoit qiyin vaziyat/holat deb baholanmaydi.
Agar sog’liq tufayli, yoki o'zgalar parvarishiga muhtojlik sababidan qiyin vaziyat doirasida oila birlashtirish uchun hujjat topshirilsa, u holda hujjat topshirgandan keyin elchixona tomonidan tayinlangan va ishonchli shifokor tomonidan tibbiy ko`rik o´tkazilishi lozim bo´lishi mumkin.
Bu haqda batafsil ma´lumot Sizga elchixona tomonidan beriladi.
Qiyin vaziyat-/holatlar doirasida vizaga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:
- Tug’ilganlik haqida guvohnoma
- Tegishli bo´lsa: oxirgi 6 oy uchun pensiya hisob varag'idan olingan ko'chirma 2 nusxa
- Tegishli bo´lsa: nogironlik guvohnomasi
- Oilaviy holatingizni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan nikoh guvohnomasi, ajrashganlik haqida guvohnoma, turmush o´rtog’ining o'limi haqida guvohnomasi)
- Shifokorning aktual (oxirgi uch oy ichida berilgan) arizachining sog’ligi haqida batafsil tibbiy xulosasi
- Germaniyada yashovchi oila a´zosi (oilani birlashtirayotgan shaxs) bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (masalan tug’ilganlik haqida yoki farzandlikka olish to'g'risidagi guvohnoma, agar arizachi yoki oila a´zosining ism-sharifi o´zgargan bo´lsa: nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma yoki ism-sharif o'zgarganiligini tasdiqlovchi hujjat)
- Germaniyada yashovchi oila a´zosining Germaniyada yashash huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat
- Germaniya fuqarosi bo´lsa: Germaniya pasporti yoki shaxsiy guvohnomadan 2 nusxa
- Chet el fuqarosi bo´lsa: chet el pasporti, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma va aktual yashash joyidan ro'yxatdan o'tganligi haqida ma´lumotnomadan 2 nusxa
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba’zi holatlarda elchixona tarafidan qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
E´tibor bering, odatda qiyin vaziyat-/holatlar doirasida viza uchun ariza topshirganda yashash uchun yetarli mablag’ bilan ta´minlanganlikni tekshirish jarayonida tibbiy sug'urta mavjudligi tasdiqlanishi lozim. Odatda oylik badal to´lovi yuqori bo´lgan xususiy tibbiy sug'urta olinadi. Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering! Hujjatlarning t´oliq bo’lmasligi viza arizasi bo’yicha rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.