Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Nikoh tuzish uchun viza
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi
- Germaniyada yashayotgan qalliqning (nikoh tuzish uchun oldiga boriladigan shaxs) pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
- Arizachi va qalliq pasportlarining mamlakat va xorijga kirish-chiqish muhri qo´yilgan sahifalaridan nusxa
- Agar tegishli bo´lsa: Germaniyada yashovchi qalliqning Germaniyada vaqtinacha yashash uchun ruxsatnomasining (Aufenthaltstitel) nusxasi
- Germaniyada yashovchi qalliqning yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi haqida ma´lumotnoma
- Arizachining tug’ilganlik haqida guvohnomasi va uning nemis tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi
- Nemis tilidan A1 darajada bilimga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlar
- Nikoh tuzilishi uchun qo‘yilgan barcha talablar bajarilganligi haqida Germaniyadagi nikohni qayd etish idorasi tomonidan berilgan ma‘lumotnoma. Nihoh tuzish haqidagi ma’lumotnoma, u berilgan kundan olti oy o‘tgach, o‘z kuchini yo‘qotadi. Ushbu muddat davomida nikoh tuzishning iloji bo‘lmasa, xorijiy fuqaro bo‘lgan qalliq o‘z vataniga qaytib ketishiga majbur bo’lishi mumkin
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba’zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo’lmasligi viza arizasini ko´rib chiqish jarayonining cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.
Nemis tili bo'yicha bilim darajasini tasdiqlash
Agar Siz oila birlashtirish yoki turmush qurish maqsadida viza uchun ariza topshirmoqchi bo´lsangiz, safargacha nemis tili bo’yicha boshlang’ich bilimga, “Umumyevropa til bilimlarini baholashning yagona tizimi”ga muvofiq A1 darajada, ega ekanligingizni tasdiqlashingiz lozim.