Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Amaliyot o'tash uchun viza

Artikel

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi

  • ish beruvchining manzili va u bilan bog’lanish manbalari, faoliyat turi: to’liq yoki to’liqsiz ish vaqti, yevroda ko’rsatilgan brutto oylik maosh, faoliyat davomiyligi va uning tasnifi ko'rsatilgan amaliyot shartnomasi
  • Ish beruvchi tomonidan imzolangan, aniq amaliyot rejasi
  • Zarur bo’lsa: nemis/ingliz tillari bo’yicha olingan bilimlarni tasdiqlovchi hujjat
  • Xozirga qadar olingan akademik va maktab ta`limi haqida hujjat, diplom hamda uning baholar ilovasi
  • Taaluqli bo’lsa: kasbiy malaka va qayta tayyorlov haqida tasdiqnoma, xozirgi ish beruvchining ma`lumotnomasi
  • Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
  • Amaliyotdan keyingi kasbiy istiqbol haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi

Oliy ta’lim bilan bog’liq amaliyotlarda qo’shimcha tarzda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim

  • o’qishga qabul qilinganlik haqida ma`lumotnoma (Immatrikulationsbescheinigung), shuningdek qaysi yo’nalish va semestrdaligingiz va qachon o’qishni tamomlashingiz haqidagi ma’ lumotlarni o’z ichiga olgan universitet reyting daftarchasidan nusxa
  • Germaniya federal mehnat agentligi  blankidagi o’qishga qabul qilinganlik haqida ma`lumotnoma (Immatrikulationsbescheinigung auf dem Blanko der Bundesagentur für Arbeit) nusxasi
  • Germaniyada vaqtincha bo’ladigan joyingizdagi federal mehnat agentligining rozilik xati
  • E`tibor bering, Siz o’qiydigan oliy ta`lim muassasasi ANABIN ma`lumotlar bazasida „H+“ statusida bo’lsagina Germaniyada oliy ta`lim bilan bog’liq amaliyot o’tashingiz mumkin.
  • Brutto maosh eng kam oylikka mos kelishi kerak. Agar bundan mustasno xolat bo’lsa (masalan oliy ta`lim bilan bog’liq majburiy amaliyot), butun safar davomida oyiga 934 yevro/netto miqdorida yetarli mablag‘ xozirlangan bo’lishi lozim. Amaliyot uchun to’lanadigan haq miqdori oyiga 934 yevrogan kamni tashkil etsa, oradagi farqni muqobil moliyalashtirish manbai orqali to’ldirish mumkin.

Moliyaviy jihatdan ta`minlanganlik quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

  • Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonun (Aufenthaltsgesetz)ning  66-68 moddalari asosida berilgan, safar maqsadiga mos,  kafilning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan hamda berilgan sanasi olti oydan oshmagan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)

yoki

  • oyiga faqat yetmagan miqdordagi mablag’ni yechib olish mumkin bo’lgan, Germaniya banklarining birida ochilgan bloklangan xisob raqamida farqlanuvchi summa borligi haqida tasdiqnoma

Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.

Ba`zi xollarda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar ko'rib chiqish jarayonni sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.

Germaniyaga kirishdan avval bloklangan hisob raqamini ochish

nach oben