Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Au-pair vizasi
Wichtiger Hinweis
Germaniya elchixonasi Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan birgalikda Au-Pair bo'lish uchun milliy viza arizalarini qabul qiladi. Qabulga yozilish uchun Visametric bilan bevosita bog'laning, yaxshisi to'liq hujjatlar bilan.
Au-Pair faoliyati doirasida siz Germaniyadagi mezbon oilada yashash va mehnat qilish bilan birga nemis tili bilimingizni takomillashtirishingiz va shu bilan birga Germaniya bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Ushbu dastur asosida istiqomat qilish muddati kamida 6 oy, ko‘pi bilan 12 oydir. Au-Pair sifatida ishlash muddatini cho’zdirish va uni takrorlash mumkin emas.
Nemis tili bilimi (2-punktga e'tibor bering): Arizachining nemis tilini bilish darajasi chet tili bilim darajasini baholash umumevropa tizimining A1 (Gyote institutining START DEUTSCH 1 darajasiga teng) darajasi viza berilishi uchun majburiy talab hisoblanadi. Bu, ariza topshirayotgan paytingizda tinglash orqali yahshi tushunish va nemis tilida oddiy muloqot yurita olishingiz lozimligini anglatadi.
Ariza topshiruvchi 18 yoshdan kichik va 27 yoshdan katta bo‘lmasligi lozim.
Ariza topshirish va vositachilik: Siz Au-Pair vositachi agentligidan foydalanishingiz yoki biror mezbon oilada joy topishga o’zingiz harakat qilishingiz mumkin. Taklif qilayotgan oilada nemis tili ona tili bo‘lishi shart. Agar nemis tili faqat oila davrasida ishlatiladigan til bo’lsa, Siz va mezbon ota-ona kelib chiqishingiz bir mamlakatdan bo´lmagan taqdirdagina Sizga viza berilishi mumkin. Qarindoshlarga (Au-Pair va mezbon oila o`rtasida) viza berilmaydi.
Ikki tomon huquq va majburiyatlari to´grisida Siz va mezbon oila o´rtasida yozma ravishda shartnoma tuzilishi kerak. Shartnomada ko´rsatilgan majburijatlardan boshqa vazifalarni ixtiyoringizga qarshi zimmangizga olishga majbur emassiz. Agar Siz va oila o´rtasida bu borada ixtilof holatlari yuzaga kelsa, Germaniyaning tegishli idoralariga ikkilanmasdan yordam so´rab murojat qiling.
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Taklif qilayotgan oila va Siz tomondan imzolangan Au-Pair shartnomasi
Mezbon ota-onalar tomonidan to'ldirilgan mezbon oila uchun so'rovnoma
Mezbon ota-onaning taklifnomasi
Mezbon ota-onaning ro'yxatga olinganini tasdiqlovchi guvohnoma. Ushbu guvohnomada parvarish qilinadigan bolalar ham ko’rsatilgan bo‘lishi kerak.
Mezbon ota-onaning passport nusxalari
- Nemis tili bo’yicha A1 boshlang’ich bilim darajasi haqida tasdiqnoma.
- Akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar baholar ilovasi bilan
- Agar tegishli bo´lsa: kasb bo'yicha tegishli ish tajribasi va malaka oshirilganligi haqida tasdiqnoma, hozirgi ish beruvchidan ma´lumotnoma
- Akademik ta´lim va ish faoliytingizni aks ettiruvchi, jadval shaklidagi tarjimai xol nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan
- O´zingiz yozgan va shaxsiy imzolagan, rejalashtirgan Au-Pair-faoliyati sabablari va kjelajakdagi kasbiy rejalaringizni batafsil aks ettiruvchi motivatsiya xati va uning nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi
Sudlanmaganlik haqida ma‘lumotnoma
Tibbiy sug'urta Arizaga Germaniyada rasmiylashririlgan va amal qilish muddati bir yil bo'lgan Au-Pair uchun shaxsiy tibbiy sug'urta hujjati ilova qilinishi lozim.
Arizaga qo'shimcha ravishda siz Federal mehnat idorasidan Au-Pair faoliyati bo'yicha ma'lumotni olganingiz va tushunganingizni yozma ravishda tasdiqlashingiz kerak .
Iltimos, ma’lumotlar bilan tanishib chiqqaningiz haqidagi bayonnomani chop eting, imzolang va arizangizga ilova qiling.
Ba'zi holatlarda qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo’lmasligi viza arizasining ko´rib chiqish jarayoni cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.
Qabulga yozilish
Viza rasmiylashtirishga ariza berish uchun qabulga yoziling.
Germaniyaga Au-Pair sifatida borishga milliy vizaga arizalarni qabul qilish masalalarida elchixona Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Visametric Sizning hujjatlaringizni qabul qiladi va ularni elchixonaga yuboradi. Elchixona Sizning arizangizni tekshiradi. Viza bo'yicha qaror elchixona tomonidan qabul qilinadi. Visametric hujjatlarini tekshirish jarayonida ishtirok etmaydi va arizangiz bo'yicha qaror qabul qilmaydi.
Visametric odatda qabulga tezroq yozilish va kutish vaqtlarini qisqartirish imkonini beradi. Visametric xizmatlari uchun 29,54 yevro miqdorda to'lov undiriladi (so‘mda to‘lanadi).
Visametric qabuliga yozilish bepul. Qabulga yozilish tizimi hamma uchun ochiq. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachilik agentliklari qabulga yozilish tizimidan maxsus foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Elchixona Visametric dan boshqa xizmat ko'rsatuvchilari bilan ishlamaydi.