Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Mutaxassislar uchun ish izlashga viza
Arizani asoslovchi hujjatlar
Oliy ta`limga ega mutaxassislar:
- Germaniya oliy o’quv yurti yoki tan olingan xorijiy oliy o’quv yurtini tamomlaganlik haqida tasdiqnoma va uning baholar ilovasi
- Nemis/zarur bo’lsa ingliz tili bo’yicha bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat
- Agar faoliyat (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi) tartibga solingan kasbda olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat
Kasbiy ta`limga ega mutaxassislar:
- Nemis tilini B1 darajasida bilish haqida tasdiqnoma
- Germaniya malakali kasbiy ta`lim yoki kamida ikki yillik ta`lim muddatini o’z ichiga olgan xorijiy kasbiy ta`lim haqida tasdiqnoma: diplom va baholar ilovasi bilan
- Xorijiy kasbiy ta`limni tan olish haqida qaror (Gleichwertigkeitsbescheid)
- Agar faoliyat (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi) tartibga solingan kasbda olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat
- Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan, jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
- Rejalashtirilgan ish qidirish (soha, hudud, rejalashtirilgan turar joy/boshpana) haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
- Ish qidirshga tayyorgarligingiz haqida tasdiqnomalar, masalan ish beruvchi bilan muloqotlar (elektron pochta orqali yozishmalar nashri, shaxsiy tanishuvga taklif)
- Butun safar davomi uchun turar joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat: imzolangan ijara shartnomasi/mehmonxona broni/nemis tilida yozilgan, taklif qiluvchi va taklif qilinuvchining ismi sharifi, tug’ilgan sanasi, taklif qiluvchining manzili, safar muddati ko’rsatilgan, taklif qiluvchi tomonidan aniq sana bilan imzolangan, erkin shaklda yozilgan taklifnoma, unga ilova shaklida taklif qiluvchining pasport nusxasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi, agar taklif qiluvchi Germaniya fuqarosi bo’lmasa: Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomadan nusxa
Butun safar muddati uchun yetarli, oyiga 1027 yevrodan to’g’ri keladigan mablag’ga ega ekanligingiz haqida hujjat. Ariza topshirishda kamida 6.162 yevro va Germaniyadan ehtimoliy qaytib chiqish uchun qo’shimcha 500 yevro miqdorida mablag‘ mavjudligi haqida tasdiqnoma
Moliyaviy jihatdan ta`minlanganlik quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:
- Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonun (Aufenthaltsgesetz)ning 66-68 moddalari asosida berilgan, safar maqsadiga mos, kafilning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan hamda berilgan sanasi olti oydan oshmagan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)
- Butun safar muddtai uchun bir oyida 1.027 yevro miqdordagi mablag’ni yechib olish mumkin bo’lgan, Germaniya banklaridan birida ochilgan bloklangan xisob raqami haqida tasdiqnoma. Bu haqda bloklangan xisob raqami haqidagi eslatmaga qarang.
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba`zi xollarda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar tekshiruv jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy oliy ta`limni tan olish
Oliy ma`lumotingizni tan olish yoki uning ekvivalentligi haqida ma`lumotlarni bu yerdan topishingiz mumkin.
Xorijiy ta`lim tizimi bo’yicha markaziy idora orqali diplomingizni baholashni yo’lga qo’yishingiz lozim, agar:
- Mutaxassisligingiz ma`lumotlar bazasida “shartli taqqoslanadigan” deb yuritilsa.
- Sizning oliygohingiz ma`lumotlar bazasida “H-” deb yuritilsa.
- Sizning mutaxassisligingiz va /yoki oliygohingiz ma`lumotlar bazasiga kiritilmagan bo’lsa.
Kasbiy ta`limingizni tan olish haqidagi ma`lumotni bu yerdan topishingiz mumkin
Mutaxassislar migratsiyasi haqidagi umumiy ma`lumotlarni mutaxassislar portalida yoki bu yerdan topishingiz mumkin.