Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

O'qishga tayyorgarlik ko'rish uchun xizmat qilmaydigan til o'rganish kursida qatnashish  uchun viza

Artikel

Wichtiger Hinweis

Germaniyada shifokor sifatida ishga joylashmoqchi bo‘lgan shaxslarning xorijda berilgan oliy ma'lumot haqidagi diplomlari tan olinishi lozim. Diplom tan olinishi uchun mutaxassislik bo'yicha til imtihonidan o'tish kerak. Mutaxassislik tili bo‘yicha imtihonga tayyorgarlik ko‘rish uchun Germaniyada til kursida o‘qish mumkin. Til bo‘yicha bazaviy bilimlarni (kamida B1 darajasida) odatda O‘zbekistonda olish mumkin. Bunday hollarda viza arizasi odatda Chet elliklarning Germaniyada yashashi to‘g'risidagi qonunning § 16d bandiga muvofiq ko'rib chiqiladi.

Qabulga yozilish

Arizangizni topshirish uchun qabulga oldindan yozilishingiz  kerak.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Germaniyada o'qishga tayyorgarlik koÄrish uchun xizmat qilmaydigan til o'rganish kurslarida qatnashish uchun milliy vizaga arizalarni qabul qilish masalasida Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Visametric Sizga arizangizni topshirishda yordam beradi va hujjatlarni elchixonaga yuboradi. Elchixonada Sizning arizangiz tekshiriladi va qaror qabul qilinadi. Visametric jarayon natijasiga ta'sir ko'rsata olmaydi va Sizning arizangiz bo'yicha qaror qabul qilmaydi.

Visametric odatda hujjatlarni tezroq topshirishga yordam beradi hamda kutish vaqtini qisqartiradi. Xizmat haqi 29,54 yevro. (viza bo'limining amaldagi ayribolshlash kursi bo'yicha so'mda to'lanadi).

Visametric qabuliga yozilish bepul. Oldindan qabulga yozilish tizimi barcha mijozlar uchun ochiqdir. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachilik agentliklari tizimga alohida kirish imkoniga ega emaslar. Elchixona Visametric dan boshqa xizmat ko'rsatuvchi bilan ishlamaydi.

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi

  • Haftasiga kamida 18 soatni tashkil etuvchi, kurs joyi, davomiyligi, haftalik dars soati, kurs badali to’langani haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan taklifnoma
  • Darslar talabalarning shaxsan ishtirokida olib borilishi haqida til maktabining tasdiqnomasi
  • Xozirga qadar olingan akademik va maktab ta`limi haqida hujjat, diplom hamda uning baholar ilovasi
  • Agar ishlasangiz hozirgi ish beruvchingizdan ma'lumotnoma
  • Nemis tilidan olgan bilimlaringiz haqida tasdiqnoma
  • Til kursi vaqtida o’qish yoki kasbiy faoliyatingizda tanaffus qilsangiz oliy o’quv yurti yoki ish beruvchi tomidan ta`til berilishi haqida tasdiqlovchi ma hujjati
  • Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
  • Til kursidan keyingi kasbiy istiqbol haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
  • Til kursi davomida oyiga 1.027 yevro miqdorida yetarli bo’lgan moliyaviy jixatdan ta`minlanganlik haqida tasdiqnoma

Moliyaviy jihatdan ta`minlanganlik quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

  • Jamg’arma yoki birorta Germaniya jamoat muassasasining oyiga 1.027 yevro miqdorida stipendiya ajratishi haqida ma`lumotnoma

           Agar stipendiya miqdori kamroq bo’lsa, o’rtadagi farq quyidagicha to‘ldirilishi mumkin:

  • Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonun (Aufenthaltsgesetz)ning  66-68 moddalari asosida berilgan, safar maqsadiga mos, kafilning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)

yoki

  • Germaniya bankida ochilgan, rejalashtirilgan safar muddati uchun yetarli bo’lgan, oyiga 1.027 yevro miqdoriga yechilishi mumkin bo’lgan bloklangan xisob raqami

Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.

Ba'zi hollarda qo'shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar tekshiruv jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.

Talabalar uchun Germaniyaga kirishdan oldin bloklangan hisob raqamini ochish

nach oben