Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Talabalik vizasi/o'qish uchun
Germaniyada oʻqish, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki Germaniya universitetiga hujjat topshirish masalalarida viza olish uchun elchixona Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Qabulga yozilish uchun Visametric bilan bevosita bog'laning, yaxshisi to'liq hujjatlar bilan.
Qabulga yozilish
Arizangizni topshirish uchun qabulga oldindan yozilishingiz kerak.
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Germaniyada o'qish, o’qishga kirishga tayyorgarlik ko'rish, yoki Germaniya oliygohlariga hujjat topshirish uchun Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Visametric Sizga arizangizni topshirishda yordam beradi va hujjatlarni elchixonaga yuboradi. Elchixonada Sizning arizangiz tekshiriladi va qaror qabul qilinadi. Visametric jarayon natijasiga ta'sir ko'rsata olmaydi va Sizning arizangiz bo'yicha qaror qabul qilmaydi.
Visametric odatda hujjatlarni tezroq topshirishga yordam beradi hamda kutish vaqtini qisqartiradi. Xizmat haqi 29,54 yevro. (viza bo'limining amaldagi ayribolshlash kursi bo'yicha so'mda to'lanadi).
Visametric qabuliga yozilish bepul. Oldindan qabulga yozilish tizimi barcha mijozlar uchun ochiqdir. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachilik agentliklari tizimga alohida kirish imkoniga ega emaslar. Elchixona Visametric dan boshqa xizmat ko'rsatuvchi bilan ishlamaydi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
O'qish uchun
- Germaniyadagi oliy o´quv yurti/universiteti yoki kollejga o‘qishga qabul qilinganlik haqida tasdiqnoma
- O‘zbekistondagi akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar baholari ko´rsatilgan ilovalari bilan yoki,
- ishlayotgan bo´lsangiz, hozirgi ish beruvchidan ma'lumotnoma
- ta‘lim olib boriladigan chet tilini bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar (nemis tili uchun odatda DSH yoki TestDaF, ingliz tili uchun IELTS sertifikati)
O´qishga tayyorlanish uchun til kurslari
- O´qishga tayyorlanish uchun til kursiga yozilganlik haqida tasdiqnoma haftasiga kamida 18 dars soati (to`lov qilinganligi haqidagi tasdiqnoma bilan), oliy bilim yurtida o´qish huquqini beruvchi tasdiqnoma
- Til maktabidan darslar bevosita talabaning shaxsiy ishtirokida o'tkazilishi haqida tasdiqnoma
- O‘zbekistondagi akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar baholari ko´rsatilgan ilovalari bilan
- ishlayotgan bo´lsangiz, hozirgi ish beruvchidan ma'lumotnoma
- Tegishli bo´lsa: hozirga qadar ta‘lim olib boriladigan chet tilini bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar (nemis tili uchun odatda DSH yoki TestDaF, ingliz tili uchun IELTS sertifikati)
- akademik ta´lim va ish faoliyatingizni aks ettiruvchi jadval ko´rinishda tuzilgan tarjimai xol nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan
- arizachi tomonidan mustaqil yozilgan va shaxsan imzolangan, rejalashtirilgan o´qish haqida ma´lumotni aks ettiruvchi motivatsiya xati va uning nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi
Abiturient
- Oliy o´quv yurti/univesitetda o´qishga ariza topshirganlik yoki
- talabgorlik haqida tasdiqnoma yoki
- UNI ASSISTning yakuniy xabari
- akademik ta´lim va ish faoliyatini aks ettiruvchi, jadval ko´rinishda tuzilgan tarjimai xol nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan
- arizachi tomonidan mustaqli yozilgan va shaxsan imzolangan, rejalashtirilgan o´qish haqida ma´lumotni aks ettiruvchi motivatsiya xati va uning nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi
- O‘zbekistondagi akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar baholari ko´rsatilgan ilovalari bilan
- ishlayotgan bo´lsangiz, hozirgi ish beruvchidan tasdiqnoma
- hozirga qadar ta‘lim olib boriladigan chet tilini bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar (nemis tili uchun odatda DSH yoki TestDaF, ingliz tili uchun IELTS sertifikati)
Moliyalashtirish rejalashtirilgan o'qish davrining oyiga 992 yevro va jami hisobda o'qishning birinchi yili uchun 11.904 yevro miqdorida moliyalashtirishni tasdiqlovchi hujjat.
Abiturientlar Germaniyada faqat 9 oy mobaynida qolishlari mumkin, shu sababli bir oyga 1.027 yevro va ushbu davr uchun jami 9.243 yevro miqdorida moliyalashtirishni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak. Oldindan ogohlantirish: taxminan 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab oliy ta´lim muassasalariga o´qishga kirish istagida ariza topshirmoqchi bo´lgan abiturientlar uchun to´lovlar oyiga 1.091 yevrogacha oshiriladi va shuning bilan jami 9.819 yevroni tashkil etadi.
Moliyasstirish haqidagi hujjat quyidagi shakllarda taqdim etilishi mumkin:
- Biror nemis ijtimoiy muassasasi tomonidan oyiga 1027 yevro/netto miqdorida stipendiya ajratilishi haqida berilgan qaror; (stipendiya yetarli bo‘lmasa, farqni qoplash quyidagi imkoniyatlarning biri orqali amalga oshiriladi)
yoki,
- Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonunning (Aufenthaltsgesetz) 66-68 moddalari asosida ta’limni moliyalashtirish uchun berilgan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)
yoki,
- Germaniya banklaridan birida Sizning nomingizga ochilgan bloklangan hisob raqamida har oyda 1.027 yevro miqdorda Germaniyada qolish uchun rejalashtirilgan vaqtga yoki o´qishning birinchi yili uchun yetarli mablag‘ borligini tasdiqlovchi hujjat. Quyida bloklangan hisob raqami to'g'risida eslatmaga qarang
Germaniyadagi xususiy universitetda pullik o'qishga kirishda quyidagi hujjatlar ham taqdim etilishi kerak:
- o'qishning birinchi yili uchun ko'rsatilgan xarajatlar rejasi,
- oldindan amalga oshirilgan to'lov(lar) uchun universitetdan tasdiqlovchi hujjat/kvitansiya
- oldindan amalga oshirilgan to‘lov(lar) bo‘yicha bank o'tkazmasini tasdiqlovchi hujjat
- o'qishning birinchi yili uchun to'lanmagan o'quv to'lovlari uchun yetatli miqdorda mablag' mavjudligini tasdiqlovchi O'zbekistondagi bankdan tegishli hujjat.
Tibbiy sug'urta Ariza topshirishda talabalar/abituriyentlar/o‘qishga tayyorgarlik ko'radiganlar 6 oy muddatga rasmiylashtirilgan shaxsiy nemis tibbiy sug‘urta polisini taqdim etishlari lozim.
Voyaga yetmagan arizachilar qo'shimcha tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo'ladi.
Ba'zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to’liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo‘lmasligi viza arizasini ko´rib chiqish jarayonining cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.