Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

2021 yildagi ikkinchi raqamli teatr tanlovi - ariza topshirish muddati 2021 yil 1-iyulgacha uzaytirildi

Theatergruppe Samarkand

Theatergruppe Samarkand, © Deutsche Botschaft Taschkent

14.05.2021 - Maqola

Germaniya elchixonasi 2021 yil kuzida raqamli formatdagi ikkinchi teatr tanlovini o'tkazmoqchi. Biz O'zbekistondagi barcha nemis tilini chet tili sifatida o'rganayotgan o'quvchilarni ushbu teatr loyihasida ishtirok etishga chaqiramiz.

Tanlov talablari haqida qisqacha ma´lumot:

KIM ishtirok etishi mumkin? - nemis tilini o'rganuvchi 9-chi va 10-chi sinflarning 6 ta gacha o'quvchilaridan hamda litseylarning birinchi bosqich talabalaridan iborat guruhlar.

Topshiriq NIMADAN iborat? - Taxminan 15 daqiqalik  nemis va o'zbek yoki rus tillarida sahna  ko'rinishini yozing. 5 daqiqalik tanishtiruv video lavha (guruh va sahna ko'rinishi haqida) tayyorlang hamda video lavha va stsenariyni o'qituvchiga tegishli ma´lumotlar bilan elchixonaga yuboring.

MAVZU - "Nemis klassiklari zamonaviy uslubda"

QACHON? - 2021 yil 1-iyul sanasigacha botschaftswettbewerb@gmail.com elektron manziliga yuboring.

Elchixonaning hakamlar hay'ati eng yaxshi sahna ko'rinishlarini tanlab oladi. G'oliblar o'qiydigan maktablarga O'zbekistonlik professional teatr pedagogikasi mutahassisi yuboriladi. Ushbu mutahassis o'quvchilarning nemis tili o'qituvchilari bilan birgalikda o'quvchilar tayyorlagan sahna  ko'rinishini professional darajada sahnalashtirishga yordam beradi. Tayyor sahna  ko'rinishlari maktablarda namoyish etiladi va raqamli tarzda, shu jumladan elchixonaning ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Ijodiy g'oyalaringizni kutib qolamiz!

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi

Sahifa boshiga qaytish