Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Yuk tashuvchi transport va avtobusda professional haydovchilarning ishga joylashishi uchun viza 

10.01.2023 - Artikel

Wichtiger Hinweis

Yuk tashuvchi avtomobilni boshqarish uchun Oʻzbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan Germaniyada professional haydovchi sifatida ishlashingizga ruxsat etilmasligini inobatga olishingizni soʻraymiz!


Professional haydovchi sifatida Germaniyada berilgan yoki xorijiy mamlakatlarda tan olingan kasbiy ta´limga ega uchinchi davlat fuqarolariga Germaniya hududida boʻlish toʻg'risidagi qonunining 18a moddasiga muvofiq kasbiy ta´limga ega mutahassis sifatida ishga joylashish uchun viza berilishi mumkin.

Chet elda olingan malakaning teng qiymatga egaligi IHK Foreign Skills Approval (IHK Fosa) tomonidan berilgan hujjat bilan tasdiqlanishi lozim.

Faqat "B" toifali haydovchilik guvohnomasi hamda zarur hollarda, yoʻlovchi tashish uchun ruxsatnoma talab etiladigan mehnat faoliyati uchun "Mehnat toʻg'risida"gi qonunning 24a moddasida keltirilgan talabalar taaluqli emas.

Yuk va yoʻlovchi tashuvchi avtomobilni boshqarish uchun 18, 21 va 23 yosh chegaralari belgilangan.

C1, CE1, C, CE, D1, D1E, D yoki DE toifali YI/YIH (Yevropa Ittifoqi/Yevropa iqtisodiy hududi) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan professional haydovchilar va „Boshlang'ich malaka va malaka oshirish toʻg'risida"gi qonunga muvofiq (tezlashtirilgan) asosiy malakaga ega bo'lgan yuk yoki yoʻlovchi tashishga moʻljallangan muayyan transport vositalari haydovchilari (Yuk mashinalari haydovchilarining kasbiy malakasi toʻg'risidagi qonun) hamda ikkalasini ham, yani ham haydovchilik guvohnomasini ham kasbiy malakani Germaniyada olishlari kerak boʻlgan havdovchilar oʻrtasida farq mavjud (Ishga joylashish haqidagi Nizomning § 24a muvofiq).

Viza arizasini topshirish uchun Sizga quyidagi hujjatlar kerak bo´ladi:

Agar Sizda amaldagi Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududi haydovchilik guvohnomasi boʻlsa:

  • YI yoki YIH amaldagi haydovchilik guvohnomasining asli;
  • (tezlashtirilgan) boshlang'ich malakaga egaligingizni tasdiqlovchi hujjatning asli;
  • mehnat shartnomasi
  • Mehnat munosabatlari toʻg'risida ma'lumotnoma“ shakli. Ushbu shakl ish beruvchi tomonidan toʻldirilishi lozim.

Agar Sizda YI yoki YIH haydovchilik guvohnomasi boʻlmasa:

  • YI yoki YIH haydovchilik guvohnomasini va (tezlashtirilgan) asosiy malakani egallash boʻyicha chora-tadbirlarda ishtirok etish majburiyatini oʻz ichiga olgan mehnat shartnomasi;
  • Agar Siz malaka oshirish chora-tadbirlari davomida boshqa joyda ishlayotgan bo'lsangiz (masalan, omborda, ustaxonada, havdovchi yordamchisi sifatida ishlasangiz), mehnat shartnomasi va „Mehnat munosabatlari toʻg'risidagi ma'lumotnoma“ da chora-tadbirlar davri uchun mehnat sharoitlari shunday qayd etilgan boʻlsinki, haydovchilik guvohnomasi va malakasini, shu jumladan zarur hujjatlarning taqdim etilishi 15 oy mobaynida amalga oshirilishi mumkin boʻlsin.
  • Malaka oshirish tadbirlari tugagandan soʻng aynan shu ish beruvchining professional yuk mashinasi haydovchisi yoki avtobus haydovchisi sifatida ishga olishini kafolatlashi haqida taklif;
  • Malaka oshirish tadbirlaridan soʻng ushbu ish oʻrni uchun „Mehnat munosabatlari toʻg'risidagi ma'lumotnoma“ shakli - bu shakl boʻlajak ish beruvchi tomonidan toʻldiriladi.
  • haydovchilik guvohnomasi va talab qilinadigan boshlang'ich malakani olish, nemis tilini organish va/yoki faoliyat bilan bog'liq boshqa malakalarga ega boʻlish, masalan, tegishli kurslarga roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlash kabi rejalashtirilgan malaka oshirish faoliyati toʻg'risidagi ma'lumotlar.
  • professional haydovchilik faoliyati uchun amaldagi xorijiy haydovchilik guvohnomasining asli tarjimasi bilan.
  • nemis tilini kamida B1 darajada bilishingizni tasdiqlovchi hujjat. 

Bundan tashqari, quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  • Manzillaringiz va bog'lanish uchun kerakli ma´lumotlar keltirilgan jadval koʻrinishidagi toʻliq (yillar ketma-ketligi saqlangan holatda) tarjimai hol - 2 nusxada. Agar u nemis tilida boʻlmasa, nemis tiliga tarjimasi ilova qilinishi kerak.
  • Yashash uchun ruxsatnoma berilayotgan vaqtda 45 yoshga to‘lgan arizachilar umumiy nafaqa sug‘urtasi bo‘yicha yillik to´lov hisobining yuqori miqdoridan 55 foiziga teng ish haqi yoki tegishli nafaqa sug'urtasi mavjudligini tasdiqlashlari lozim.

Tibbiy sug'urta polisi

Agar arizangiz bo'yicha ijobiy qaror qabul qilinsa, viza berilishidan avval mavjud tibbiy sug'urta polisini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak. Tibbiy sug'urta esa viza berilayotganda taqdim etilishi mumkin. Davlat tibbiy sug'urtasi Germaniyada yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng va mehnat shartnomasiga muvofiq ish boshlanganidan so‘ng kuchga kiradi. Agar siz mamlakatga avvalroq kirsangiz, mehnat munosabatlari boshlanguniga qadar va davlat tibbiy sug'urtasini tuzish imkoniyati paydo bo‘lgunicha xususiy tibbiy sug'urta shartnomasini tuzishingiz lozim.  

Davlat tibbiy sug'urta shartnomasini tuzish imkoni bo'lmasa, umumiy yashash muddatiga tuzilgan xususiy tibbiy sug'urtani tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim. Bunday hollarda „Incoming-Versicherung“ deb atalmish sug'urtani rasmiylashtirish afzalroqdir. Sayohat tibbiy sug'urta polislari mamlakatda rejalashtirilgan uzoq muddatga qolish holatlarida sug'urta qoplamasini istisno qilishi mumkin.  

Bu yerda koʻrsatilmagan qoʻshimcha hujjatlar alohida hollarda viza arizasini topshirish yoki viza olish jarayonida talab qilinishi mumkin.

Barcha hujjatlar toʻliq topshirilishi kerakligini inobatga olishingizni soraymiz. Hujjatlarning toʻliq topshirilmasligi arizani koʻrib chiqish jarayonini kechiktiradi va arizaning rad etilishiga olib kelishi mumkin.

Nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat


nach oben