Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Tibbiy viza

Artikel

Wichtiger Hinweis

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan rasman hamkorlik qiladi. Shundan kelib chiqib viza bo´limi sug´urta kompaniyalari, sayyohlik firmalari yoki boshqa xizmat ko´rsatuvchilar bilan hech qanday hamkorlik qilmasligini ma´lum qiladi va ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni qattiyan maslahat beradi.

Elchixona yoki Visametric web-sahifalarida joylashtirilgan viza olish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni o’qib chiqqaningizdan keyin ham viza bo´yicha savollaringiz bo’lsa to'g'ridan to'g'ri Visametric xizmat ko'rsatuvchisiga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Barcha taqdim etiladigan xujjat nusxalari DIN A4 formatida bo'lishi kerak.

Konsullik badali 12 yoshga to’lgan shaxslar uchun 80 yevro; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo´lgan bolalar uchun 40 yеvroni tashkil etadi. Ushbu to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan ayriboshlash kursiga muvofiq faqat o'zbek valyutasi so'mda amalga oshiriladi.

5 yoshgacha bo’lgan bolalar, Yevropa Ittifoqiga a´zo davlat fuqarosining turmush o‘rtog'i va voyaga yetmagan farzandlari konsullik badalini to'lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari Visametric web-sahifasida keltirilgan qo'shimcha xizmat badali  to'lanadi.

Quyidagi hujjatlar viza olish uchun arizaga ilova qilinadi: 

  • Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan viza so‘rovnoma blanki
  • Pasport (asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 dona nusxasi): kamida ikkita viza uchun bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi, so‘nggi 10 yil ichida berilgan, amal qilish muddati so‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart.
  • 2 dona yangi biometrik fotosurat (ulardan biri so‘rovnomaga yopishtirilgan holda): biometrik, oq rangli fonda, hajmi 3,5 cm x 4,5 cm, ishlov berilmagan rasm!
  • Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxa): barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan rejalashritilgan safar muddati va qo‘shimcha 15 kunlik muddatni o‘z ichiga olgan, sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmagan bo'lishi shart. Sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchi shaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistonda tuzilishi mumkin
  • taaluqli bo'lsa: so'nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportdagi kirish va chiqish shtamplari qo'yilgan sahifalaridan nusxa
  • O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun: O'zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma/ro'yaxatga olinganlik haqidagi hujjatning asli+1 nusxasi, hamda pasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qo'yilgan sahifasidan nusxa

Safar maqsadini tasdiqlash:

  • Germaniyadagi klinika yoki kasalxonadan qo'yilgan tashxis, davolash rejasi hamda to'liq davolanish muddati uchun mo'ljallangan sarf-harajatlar hisob-kitobi ko'rsatilgan nemis yoki ingliz tilida yozilgan taklifnoma

VA

  • Germanixadagi klinika yoki kasalxona tomonidan to'ldirilgan "Tibbiy davolanish" haqidagi hujjat
  • davolanish sarf-harajatlari to'liq to'langanligini tasdiqlovchi hujjat
  • safar muddati davomida yashash joyini tasdiqlovchi hujjat (masalan mehmonxonaga buyurtma)
  • agar mavjud bo'lsa: avvalgi o'tkazilgan tibbiy davolanishni tasdiqlovchi hujjatlar

Safarni moliyalashtirish:

  • Safarni o‘z hisobingizdan moliyalashtirish: bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak.
  • kerak bo‘lsa boshqa daromad va mulklarni tasdiqlovchi hujjatlar: masalan nafaqa, ijaradan olinadigan daromadlar, kapital daromadlar va hokazo
  • Turmush qurgan arizachilar turmush o'rtog'ining bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma taqdim etishlari mumkin. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak. Shuningdek nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomaning asli va 1 nusxasi
  • Voyaga yetmagan arizachilar ota yoki onasining bank hisobidan ko'chirma hamda tug'ilganlik haqida guvohnoma asli va 1 nusxasini taqdim etadilar. 

Qo'shimcha hujjatlar:

  • Ishchilar uchun: ish joyidan berilgan ma´lumotnoma quyidagilarni o´z ichiga olishi lozim: lavozim, ishlayotgan davr, oxirgi 12 oyda to´langan maosh, safar rejalashtirilgan muddat uchun berilgan mehnat ta´tili, ish beruvchining nomi, manzili, telefon raqami (statsionar), web sahifasi / e-mail STIR/INN raqami
  • Mustaqil ravishda ish yurituvchilar uchun: firmaning hokimiyatda ro’yhatdan o’tgani haqida guvohnoma, shuningdek (STIR/(INN) raqami va firma egasi qayd etilgan hujjat (asli+1 nusxasi), so´nggi soliq bayonnomasi
  • Nafaqaxo'rlar uchun: nafaqa hisob raqamidan oxirgi 6 oy uchun ko'chirma
  • Talabalar uchun: ta'lim olayotgan oliygohdan ma'lumotnomaning asl nusxasi. Bunda ta'lim olish turi, bosqich, o'qishning qolgan davri ko'rsatiladi. Agarda safar semestr paytida rejalashtirilgan bo'lsa, darsdan ozod etilganligi haqida ruxsatnomaning asl nusxasi.  
  • O'quvchilar uchun: maktabdan tasdiqlovchi ma'lumotnoma. Agar safar o'quv yili davomida rejalashtirilgan bo'lsa, darsdan ozod etilganligi haqida ruxsatnomaning asl nusxasi
  • Taaluqli bo'lsa: nikoh haqida va voyaga yetmagan farzandlarning tugílganlik haqida guvohnomalari asli+nusxalar, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamagan pasporti asli+shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa
  • Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat, boshqa mulk egaligi haqida hujjatlar

Voyaga yetmagan arizachilar uchun:

  • Bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi asli+nusxasi
  • Vasiylik huquqiga ega shaxslar pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
  • Vasiylik huquqiga ikki shaxs ega bo’lsa va ularing ikkisi ham ariza topshirish vaqtida hamrohlik qilsa: vasiylik huquqiga ega shaxslarning ariza blankidagi shaxsiy imzolari
  • agar vasiylik huquqiga ega bo‘lgan ikki shaxsning faqat birigina ariza topshirish vaqtida hamrohlik qillsa: vasiylik huquqiga ega ikkinchi shaxsning bolaga hujjat topshirish uchun notarius tomonidan tasdiqlangan ruxsatnomasi
  • Vasiylik huquqiga bir kishi ega bo‘lsa: bola tarbiyasi uchun faqat bir kishi mas’ulligini tasdiqlovchi hujjat (masalan sud qarori yoki FXDYO ma´lumotnomasi, yoki boshqa vasiy shaxsning o'limi haqida guvohnoma), hamda vasiylik huquqiga ega shaxsning ariza blankidagi shaxsiy imzosi.

Elchixona arizani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lsa, qo'shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi vizaning avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi.

nach oben