Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Biznes viza

Artikel

Wichtiger Hinweis

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan rasman hamkorlik qiladi. Shundan kelib chiqib viza bo'limi sug'urta kompaniyalari, sayyohlik firmalari yoki boshqa xizmat ko'rsatuvchilar bilan hech qanday hamkorlik qilmasligini ma'lum qiladi va ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni qattiyan maslahat beradi.

Elchixona yoki Visametric web-sahifalarida joylashtirilgan viza olish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni o’qib chiqqaningizdan keyin ham savollaringiz bo’lsa to'g'ridan  to'g'ri Visametric xizmat ko'rsatuvchisiga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Barcha taqdim etiladigan xujjat nusxalari DIN A4 formatida bo'lishi kerak.

Konsullik badali 12 yoshga to'lgan shaxslar uchun 80 yevro; 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 40 yеvroni tashkil etadi. Ushbu to‘lov viza bo’limida amal qilayotgan ayriboshlash kursiga muvofiq faqat o'zbek valyutasi so'mda amalga oshiriladi.

5 yoshgacha bo’lgan bolalar, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlat fuqarosining turmush o‘rtog'i va voyaga yetmagan farzandlari konsullik badalini to'lashdan ozod etiladi.

Bundan tashqari Visametric web-sahifasida keltirilgan qo'shimcha xizmat badali to'lanadi.

Quyidagi hujjatlar viza olish uchun arizaga ilova qilinadi: 

  • Shengen vizasi uchun to´liq to‘ldirilgan viza so'rovnoma blanki
  • Pasport (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasining 1 dona nusxasi): kamida ikkita viza uchun bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi, so‘nggi 10 yil ichida berilgan, amal qilish muddati so‘ralayotgan viza muddati tugagandan keyin yana kamida uch oyni tashkil etishi shart.
  • 2 dona yangi biometrik fotosurat (ulardan biri so‘rovnomaga yopishtirilgan holda): biometrik, oq rangli fonda, hajmi 3,5 cm x 4,5 cm, ishlov berilmagan rasm!
  • Tibbiy sug‘urta polisi (1 nusxa): barcha Shengen davlatlarida amal qiladigan rejalashritilgan safar muddati va qo‘shimcha 15 kunlik muddatni o‘z ichiga olgan, sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevrodan kam bo‘lmagan bo'lishi shart. Sug’urta polisi Germaniyada (taklif qiluvchi shaxs tomonidan yoki online tarzda) yoki O’zbekistonda rasmiylashtirilishi mumkin
  • taaluqli bo'lsa: so'nggi uch yilda berilgan Shengen vizasi, shuningdek pasportdagi kirish va chiqish belgilari qoyi‘lgan sahifalaridan nusxa
  • O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar uchun: O'zbekistonda yashahsh uchun ruxsatnoma/ro'yaxatga olinganlik haqidagi hujjatning asli + 1 nusxasi, hamda pasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qo'yilgan sahifasidan nusxa

Safar maqsadini tasdiqlash:

  • Germaniyadan biznes taklifnoma (asli + 1 nusxasi): nemis yoki ingliz tilida tuzilgan taklifnomada quyidagi ma'lumot ko'rsatilishi shart: taklif qilayotgan tashkilotning nomi, to’liq manzili va telefon raqamlari (statsionar), taklifnomani imzolagan shaxsning familiyasi va lavozimi, taklif qilinayotgan shaxsning ismi, familiyasi va tug'ilgan sanasi, safar maqsadi va davomiyligi. Taklifnoma namunasi
  • taklif qiluvchi shaxs pasportining nusxasi yoki biznes taklifnomadagi imzo mas’ul idora/notarius tomonidan tasdiqlaganligi haqida belgi
  • agarda taklif qiluvchi shaxs Germaniya fuqarosi bo'lmasa, Germaniyada yashash uchun ruxsatnomasidan nusxa
  • Mehmonhona bron qilinganligini tasdiqlovchi hujjat

Safarni moliyalashtirish:

  • Germaniyada bo'lish qonunining 66-68 §§ asosan Germaniyada mas'ul xorijiy fuqarolar idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish haqida rasmiy ariza (asli + 1 nusxasi).  Ushbu hujjat viza arizasi topshirilayotgan vaqtda 6 oydan oshmagan muddat ichida rasmiylashtirilgan bo'lishi lozim.
  • Safar o‘z hisobingizdan moliyalashtirilsa: bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak.
  • Safar harajatlari nemis tashkiloti tomonidan koplansa: Germaniyadan berilgan biznes taklifnomaning asli +1 nusxasi. Ushbu taklifnomada Germaniyada bo'lish qonunining 66-68 §§ ga asosan majburiyatlar olinishi aniq ko’rsatilishi shart. Bundan tashqari, taklifnomada quyidagilar ko’rsatiladi: taklif qilayotgan tashkilotning nomi, to’liq manzili va telefon raqamlari (statsionar), taklifnomani imzolagan shaxsning familiyasi va lavozimi,  taklif qilinayotgan shaxsning ismi, familiyasi va tug'ilgan sanasi, safar maqsadi va davomiyligi
  • taklif qiluvchi shaxs pasportining nusxasi yoki biznes taklifnomadagi imzo mas’ul idora/notarius tomonidan tasdiqlaganligi haqida belgi
  • agarda taklif qiluvchi shaxs Germaniya fuqarosi bo'lmasa, Germaniyada yashash uchun ruxsatnomasidan nusxa
  • Safar harajatlari o’zbek ish beruvchisi tomonidan qoplanadigan bo’lsa: xizmat safari va barcha sarf-harajatlar qoplanishini tasdiqlovchi rasmiy xat HAMDA ish beruvchining bank hisob raqamidan oxirgi 3 oy mobaynidagi kirim-chiqim aylanmalari, hisob raqamidagi yakuniy qoldiq ko’rsatilgan va bank hodimi tomonidan imzolangan va muxrlangan ko’chirma. Ushbu hujjat ko'pi bilan 2 hafta oldin berilgan bo'lishi kerak.

Qo'shimcha hujjatlar:

  • Taaluqli bo'lsa: nikoh haqida va voyaga yetmagan farzandlarning tugílganlik haqida guvohnomalari asli + nusxalar, shuningdek turmush o´rtog'ining amal qilish muddati tugamagan pasporti (asli + shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifasidan nusxa
  • taaluqli bo'lsa: Ko´chmas mulkka egalik haqida hujjat, boshqa mulk egaligi haqida hujjatlar

Elchixona arizani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lsa, qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi vizaning avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi.  

nach oben