Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

O´zbekiston Respublikasining tegishli  idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini tekshirish

Artikel

Muhr surati
Muhr surati© colourbox
O´zbekiston Respublikasining tegishli  idoralari tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini tekshirish: 2021-yil iyun holatiga ko'ra.

O'zbekistondagi rasmiy hujjatlarni legallashtirish 2002-yil iyun oyida GFR Tashqi ishlar vazirligining ma'qullashi bilan to'xtatildi, chunki elchixona O'zbekistondan kelgan o'zbek hujjatlarini legallashtirishga qo'yiladigan talablar bajarilmasligini aniqladi. Germaniyadagi federal yerlarning ichki ishlar va sud idoralariga bu haqda tegishli ma'lumot berildi.

Fuqarolik protsessual kodeksining § 438 1-qismiga binoan, endi Germaniya rasmiy idoralari hujjatlarni haqiqiy hisoblash-hisoblamasligini dalillarni erkin baholash tizimi asosida qabul qiladi yoki qilmaydi.

Elchixona idoralararo va huquqiy ko´mak doirasida Germaniyaning davlat tashkilotlari va sud idoralari uchun o´z vakolati doirasida oila birlashish uchun topshirilgan viza so´rovnomalari bo´yicha O´zbekiston Respublikasining tegishli  idoralari tomonidan berlilgan fuqarolik holati dalolatnomalari qonuniy va mazmunan to´griligi haqida expertlik xulosasini berishi va bu orqali qaror qabul qilinishda ko´mak berishi mumkin. Hujjatlajrni qayta tekshirish zaruriyati, shu sabab, mazkur hujjat dalil sifatida qo´llaniladigan tegishli davlat tashkiloti tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslar tomonidan hujjatlarni tekshirish borasida iltimosnoma berilishi mumkin emas. 01.07.2019 dan boshlab boshqa rasmiy hujjatlarni tekshirish to'xtatilgan.

Germaniyadagi o´z ishi uchun fuqarolik holati dalolatnomasi tekshirilishi zarur bo´lgan tegishli davlat tashkiloti bu haqda elchixonaga iltimosnoma yuboradi. Ushbu davlat tashkiloti elchixonaga konkret savollar berishi yoki global tekshiruv haqida so'rovnoma yuborishi kerak. Mamlakat ichki idoralari rasmiy ko´mak doirasidagi o´z iltimosnomalarini yuborishda Germaniyaning tashqi ishlar vazirligi kuryerlik hizmatidan foydalanadi.

Kuryer manzili: Auswärtiges Amt für Botschaft Taschkent

Kurstr. 36

10117 Berlin.

Iltimosnomaga qo'yidagi hujjatlar ilova qilingan bo´lishi kerak:

Ayrim hollarda, elchixonaga tekshirib berish to'g'risidagi so'rovnomani ko'rib chiqishi uchun qo'shimcha hujjatlar yoki qo'shimcha ma'lumotlar kerak bo'lishi mumkin.  

Toshkentda berilgan bo´lsa

100€ birinchi hujjat uchun

Boshqa joyda berilgan bo´lsa

400€ birinchi hujjat uchun

Har bir qo´shimcha hujjat uchun (berilgan joyidan qat'iy nazar)

100€


Xarajatlarning yuzaga kelishiga sabab, elchixona so´ralgan tekshiruvlarni faqatgina o´z xodimlari ishtirokida amalga oshira olmaydi, balki u qo´shimcha ravishda ishonchli shaxslar tomonidan beriladigan ma´lumotlarga tayanishga majbur bo´ladi. O'z navbatida, nemis idorasi ushbu xarajatlarni hujjat egasiga qaytarib berishi mumkin va shuning uchun odatda depozit qo'yilishini talab qiladi.
Hujjat tekshirilganidan keyin, yakuniy xulosa elchixonaning konsullik bo´limi xodimlari tomonidan iltimosnoma jo´natgan tashkilotga yoki viza so´rovnomasi doirasida (Germaniyadagi) horijiy fuqarolar bilan ishlash idorasiga yuboriladi.  Hujjatning kelajakda qo´llanilishini yengillashtirish va  keyingi ortiqcha tekshirishlarning oldini olish uchun hujjatda uning  tekshirilganligi haqidagi tegishli qayd qo'yiladi. Ayni vaqtgacha bo´lgan tajribaga ko´ra, iltimosnomani bajarish muddati toshkentda berilgan hujjatlar uchun ular qabul qilingan muddatdan boshlab 2 oy davom etadi.

Agar hujjatlar uzoqda joylashgan viloyalarda berilgan bo´lsa tekshiruv muddati safar qilish zaruriyati tufayli cho´ziladi. Bundan tashqari pochta va kuryerlik xizmatlari muddatlari, ya´ni iltimosnomani Toshkentga jo´natish va javobini qaytib Germaniyaga jo´natish qo´shiladi. Shunga muvofiq hujjatlarni ko´rib chiqish muddati bir necha oy davom etishi mumkin.

Kerakli yozishmalar faqat elchixona va nemis idorasi o'rtasida olib boriladi. Shu sababdan, tushunishingizni so'rab qolamiz.

Barcha ma´lumotlar elchixonaning ushbu matn yozilishiga qadar to´plagan ma´lumotlari va tajribasiga asoslangan. Ularning to´liqligini va to'g'riligini, xususan vaqt oralig'ida ehtimol kiritilgan o´zgarishlar uchun elchixona javobgarlikni o´z zimmasiga olmaydi.

nach oben