Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Germaniyaga kirishdan avval bloklangan hisob raqamini ochish
Bloklangan xisob raqami bilan viza arizasini ko’rib chiqish jarayonida moliyaviy jihatdan yetarlicha ta`minlanganingizni isbotlaysiz.
Agar viza arizasini ko’rib chiqish jarayonida boshqa moliyaviy tasdiqnoma taqdim etilmasa, bloklangan xisob raqami Germaniyadagi xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdordagi mablag’ga ega bo’lishi lozim. Viza turidan kelib chiqib talab qilinadigan mablag‘ miqdori haqidagi tegishli ma'lumotni elchixonaning veb-sahifasidan topishingiz mumkin. Bloklangan xisob raqamidan oyiga faqat ma`lum miqdordagina mablag‘ olish mumkin. Ushbu mablag‘ miqdori haqida tegishli ma`lumotni elchoxona veb-sahifasidan olish mumkin. Bloklangan xisob raqami qaysi muassasa uchun ochilgan bo’lsa, o’sha muassasaning ruxsati bilan yopilishi mumkin. Bunda elchixona yoki Germaniya hududiga kirgandan so’ng xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora mas`uldirlar. Xisob raqamini ochishni talab qilgan muassasa ushbu xisob raqamiga kirishga haqli emas.