Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Sudlanmaganlik haqida maʼlumotnomalar,  nusxa va imzolarni tasdiqlash, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini olish, tarjimalar

Artikel

1985 yil 25 aprelda tuzilgan Germaniya - Sovet Ittifoqi konsullik shartnomasi Germaniya va O'zbekiston o'rtasida hali ham amal qilmoqda. Ushbu shartnomaga binoan Germaniya konsullik xizmatchilari Germaniya fuqarosi bo'lmagan shaxslarning imzolari va niyat xatlarini istisno holatlardagina tasdiqlash yoki tasdiqlatib berishlari mumkin.

Agar savollar tug'ilsa elchixonaga aloqa shakli orqali murojaat etishingizni so'raymiz.

Qabulga yozilish/ ish vaqtlari va konsullik-huquqiy bo'limining aloqa ma'lumotlari bilan bog'lanish usullari haqidagi ma'lumotlarga e'tibor berishingizni so'raymiz.

Elchixona Germaniya idoralari yoki universitetlariga taqdim etiladigan nusxalarni tasdiqlashi mumkin. Germaniya idoralari tomonidan berilgan to'liq va o'zgartirish kiritilmagan asl nusxalargina tasdiqlanishi mumkinligiga e'tibor berishingizni so'raymiz.

Nusxalarni tasdiqlash uchun, tasdiqlanishi kerak bo'lgan hujjatning asli hamda nusxasini bir-biriga tikilmagan holda taqdim qilishingizni so'raymiz.

Germaniyada o'qish uchun nusxalarni tasdiqlatib olishingiz kerak bo'lsa, o'quv maskani tomonidan berilgan hujjatni (masalan, oliy o'quv yurtiga qabul qilinganlik haqidagi qaror) taqdim etishingizni so'raymiz.

Nusxalarni tasdiqlash uchun quyidagi to'lov miqdori belgilangan:

• har bir alohida sahifa uchun: 10,00 yevro (lotin alifbosida) / 15,00 yevro (lotin alifbosida bo'lmagan matn)

• bir-biriga tikilgan 10 sahifagacha: 10,00 yevro (lotin alifbosida) / 15,00 yevro (lotin alifbosida bo'lmagan matn)

• 11-sahifadan boshlab, bir-biriga tikilgan sahifalar: + 1 yevro / sahifa (lotin alifbosida) / +1,50 yevro / sahifa (lotin alifbosida bo'lmagan matn)

To'lov har bir tasdiqlash yozuvi uchun olinadi. Agar har bir sahifa alohida tasdiqlanishi lozim bo'lsa, har bir sahifa uchun 10,00 yevro miqdorida to'lov olinadi. Tasdiqlanayotgan sahifalar bir-biriga tikilgan hamda birgina tasdiqlash yozuvi bilan tasdiqlangan bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda 10 sahifagacha bo'lgan miqdor uchun jami 10,00 yevro to'lanadi. To'plamga qo'shilgan har bir qo'shimcha sahifa uchun 1 yevro olinadi.

To'lov naqd pulda, o'zbek so'mida, elchixonaning amaldagi kursi bo'yicha qabul qilinadi.

Hozirda elchixona tomonidan tasdiqlab berish xizmati ko'rsatilmaydi. Agar savollar tug'ilsa elchixonaga aloqa shakli orqali murojaat etishingizni so'raymiz.

Imzoning haqiqiyligini tasdiqlovchi konsullik xodimi mazkur shaxs hujjatni uning huzurida imzolaganligini tasdiqlaydi. Imzo vakolatli konsullik xodimi ko'z o'ngida qo'yilishi yoki u tomonidan tan olinishi kerak.

Imzolanayotgan hujjatning huquqiy ahamiyati tushuntirilmaydi.

Ko'p hollarda, hujjat qonuniy kuchga ega bo'lishi uchun imzoni tasdiqlashning o'zi yetarli hisoblanadi.

Imzo tasdiqlanishini talab qiladigan ba'zi misollar:

• Rozilik xati: Germaniyada avval imzolangan shartnoma keyinchalik vakil tomonidan tasdiqlanishini bildiruvchi xat

• Belgilangan vakolatlar

• Merosdan voz kechish

• Germaniya qonunlariga muvofiq qo'llash uchun shaxs familiyasini qabul qilish (foydalanish) haqidagi bildirish xati

Germaniya fuqarosi bo'lmasangiz va Germaniya idoralari yoki muassasalari sizdan imzoingizni tasdiqlatib kelishni talab qilsa, har bir alohida holatda Germaniya-Soviet ittifoqi konsullik shartnomasining 19 moddasi, 4 bandiga asosan istesno qo'llanilishi mumkinligini o'rganib chiqish lozim.

Muqobil sifatida o'z imzoingizni O'zbekistondagi mahalliy notarius tomonidan tasdiqlatishingiz mumkin.

Elchixonada imzoingizni tasdiqlash mumkin bo'lsa, siz asosan quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:

•shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)

• imzolanadigan hujjat

• rozilik arizasi haqida gap ketganda: Germaniyada avval tasdiqlangan shartnoma;

• agar siz o'zingizning nomingizdan emas, balki, masalan, firma, sizning qaramog'ingizda bo'lgan shaxs va boshqalar nomidan imzo chekayotgan bo'lsangiz: ushbu firma/ qaramog'ingizdagi shaxsning vakili bo'lishga haqli ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat (asl nusxada yoki tasdiqlangan nusxada);

Imzoni tasdiqlash uchun to'lanadigan pul miqdori tuzilgan qonuniy shartnomaning narxi asosida belgilanadi va 20 yevrodan 250 yevrogacha bo'lishi mumkin.

To'lov naqd pulda, o'zbek so'mida, elchixonaning amaldagi kursi bo'yicha qabul qilinadi.

Maxsus holat: Germaniyada hisob raqamini ochish uchun imzoni tasdiqlash.

Germaniya elchixonasi Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunga (Geldwäschegesetz) muvofiq, hisob raqamini ochishda, kredit berishda va boshqa shu kabi holatlarda shaxsni tekshirish vakolatiga ega. Agar bankingiz Germaniyaning chet eldagi vakolatxonalaridan birida imzoingizni tasdiqlashni tavsiya qilsa, bank e'tiborini yuqorida keltirilgan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunga qaratishingizni so'raymiz. Qo'shimcha ma'lumotni Germaniyadagi Markaziy kredit qo'mitasidan (Zentraler Kreditausschuss) olishingiz mumkin.

Qabulga yozilish uchun elchixona bilan aloqa shakli orqali bog'laning.

Germaniya idoralariga sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma olish uchun ariza topshirish haqida ma'lumot Federal Adliya idorasining veb-sahifasida mavjud.

Elchixona O'zbekiston fuqarolari tomonidan taqdim etilgan arizalarni ham tegishli ravishda tasdiqlab berishi mumkin.

Buning uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

• shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport)

• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma olish uchun to'ldirilgan ariza (anketa, iltimosnoma)

• sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma olish uchun amalga oshirilgan to'lovni (13 yevro) tasdiqlovchi hujjat

• imzoni tasdiqlash uchun to'lov miqdori 20 yevro. To'lov elchixonaning to'lov kunidagi kursi bo'yicha o'zbek so'mida naqd pulda amalga oshiriladi.

Federal Adliya idorasi o'z veb-sahifasida tasdiqlash chet el idorasi yoki chet ellik notarius tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga e'tiborni qaratadi.

Qabulga yozilish uchun elchixona bilan aloqa shakli orqali bog'laning.

Hujjatlar, odatda, qaysi mamlakatda ishlatilsa, o'sha tilga tarjima qilinishi kerak. Eslatma:

Elchixona tarjima xizmatlarini ko'rsatmaydi va tarjimalarning to'g'riligini tasdiqlamaydi.

Germaniyada tarjimalarni faqat rasman qasamyod keltirgan yoki tan olingan tarjimonlar amalga oshirishi mumkin. Agar tarjima Germaniyada amalga oshirilgann bo'lsa, unda ushbu tarjimaning to'g'riligi rasmiy ravishda tasdiqlanishi mumkin. Ushbu tarjimani rasmiy tasdiqlash tegishli sud raisi tomonidan amalga oshiriladi, u tarjimonning tan olingan mutaxassis ekanini hamda tarjimonning imzosini tasdiqlaydi. Ushbu tarjimani rasmiy tasdiqlash uchun apostil qo'yilishi mumkin.

Amaldagi O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalari va arxiv ma'lumotlarini elchixona orqali olish mumkin emas. Elchixonada mavjud ma'lumotga asosan, Germaniyada yashovchi shaxslar O'zbekiston fuqarolik holati dalolatnomalarini va arxiv ma'lumotlarini olish uchun O'zbekistonning Germaniyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari mumkin. Muqobil sifatida siz tomondan vakolatlangan shaxs O'zbekistondagi vakolatli idoraga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishi mumkin.

nach oben