Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi konsorsiumi va BMTTD O‘zbekiston hukumatining korrupsiyaga qarshi kurash harakatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini birlashtiradi
Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqi konsorsiumi va BMTTD O‘zbekiston hukumatining korrupsiyaga qarshi kurash harakatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa'y-harakatlarini birlashtiradi , © UNDP Uzbekistan
Yevropa Ittifoqi (YI), GIZ rahbarligidagi YI konsorsiumi, BMTTD va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi sa'y-harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan "O‘zbekistonda davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish" tashabbusni rasman boshlanganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tkazilgan ushbu tadbir, ushbu muhim tashabbusni taqdim etish, muhokama qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.
"O'zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish - korrupsiyaning inklyuziv oldini olish" ko'p tomonlama donorlik tashabbusi YI va Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi va GIZ tomonidan Latviya Respublikasi Markaziy moliya-kontrakt agentligi va Sloveniyaning O'zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan "Mintaqaviy Muloqot" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Loyihaning davomiyligi 36 oy (01.2024 - 12.2026), umumiy byudjeti 4,55 million Yevro tashkil etadi (YI hissasi - 3,5 million Yevro, BMZ hissasi - 1,05 million Yevro). GIZ o'zining ikki tomonlama "Good Governance" dasturi bilan yaqin hamkorlikni ta'minlaydi (BMZ tomonidan jami moliyalashtirish 8 million Yevro tashkil etadi).
YI konsorsiumi bilan bir vaqtda BMTTD "O'zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish - korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimini mustahkamlash" loyihasi ham faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu loyiha ham YI tomonidan moliyalashtiriladi va byudjeti 2,5 million Yevro tashkil etadi.
Ushbu ikkita o'zaro bog'liq loyihalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari huquqiy va institusional islohotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va fuqarolik jamiyatini jalb qilish orqali ijtimoiy mas'uliyatni oshirishdan iborat.
Ushbu sa'y-harakatlar sezilarli natijalarga olib kelishi, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashning milliy mexanizmlarini mustahkamlash, halollik va vijdonlilikni, jumladan, mintaqaviy va mahalliy darajada oshirish, fuqarolarning faolligi va xabardorligini kuchaytirish kutilmoqda.