Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

 Iqtisodiy hamkorlik va barqaror rivojlanish bo’limiga ish o‘rniga tanlov haqida e’lon

Lupa ostida ish o'rinlari haqida e'lon

Lupe fokussiert Stellenangebote in einer Tageszeitung, © Picture Alliance

03.03.2023 - Artikel

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi iqtisodiy hamkorlik va barqaror rivojlanish bo’limiga xodim/xodimani 2023 yil 1-maydan ishga olish maqsadida tanlov o‘tkazadi. 

Xodima/ xodimga yuklatiladigan vazifalar:

  • Germaniya elchixonasi va O‘zbekiston muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yuritish va hamkorlikni muvofiqlashtirish;
  • hukumatlararo muzokaralar va maslahatlashuvlarni tayyorlash va o'tkazishda ishtiroq etish;
  • delegatsiyalarga hamrohlik qilish;
  • rivojlanishga ko'maklashish siyosatiga oid dolzarb o’zgarish va yo’nalishlarni kuzatib borish va hujjatlarni tahlil qilish (hukumat tomonidan qabul qilingan rivojlanish strategiyalari, iqtisodiyotning tanlangan sektorlarini rivojlantirish konsepsiyalari, qonun loyihalari, ommaviy axborot vositalari xabarlari va boshqalar);
  • rivojlanishga koʻmaklashish siyosati sohasidagi ishlar holati toʻgʻrisida maʼlumot izlash, bayonnoma tuzish va hisobotlar loyihasini tayyorlash;
  • xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish;
  • Elchixonaning kichik tadbirlari, shuningdek, rivojlanishga ko'maklashish siyosati sohasidagi boshqa loyihalarni belgilash, boshqarish va amalga oshirishda yordam berish;
  • Germaniya va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish va ularni kuzatib borish;
  • tarjimonlik faoliyati;
  • Germaniya rivojlanishga ko’maklashish dasturlari uchun tanlov komissiyasi faoliyatida yordam ko'rsatish;
  • rivojlanishga ko'maklashish sohasidagi hamkorlikka bag'ishlangan nemis tilidagi veb-sahifani yangilash va yuritish.

Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar:

  • kommunikativ ko'nikmalar va rivojlanishga ko’maklashish siyosati sohasidagi hamkorlik mavzusiga qiziqish;
  • Internetdan mustaqil foydalanish (ma'lumot qidirish);
  • umumiy Microsoft Office dasturlaridan (Outlook, Word, Excel va boshqalar) foydalanish bo'yicha yuqori darajadagi kompyuter savodxonligi, shuningdek, veb-sahifalarni yuritish sohasidagi bilim;
  • yozma va og'zaki nutqda nemis tilini yaxshi bilish;
  • o‘zbek tilida erkin so’zlashish va yozish ko‘nikmalariga, agar mavjud bo‘lsa, rus tili og’zaki va yozma ko’nikmalariga ega bo‘lish shuningdek, ingliz tilini o’rta darajada bilish;
  • jamoada ishlash qobiliyati;
  • Ishni puxta va aniq bajarish hamda stressga yuqori chidamlilik;
  • nuqtai nazarni himoya qila olish va hamkorlar va boshqa muassasalar vakillari bilan muloqot qila olish.

Ish haqi mahalliy sharoitga va elchixonaning ish haqi tizimiga muvofiq amalga oshiriladi. Ish vaqti haftasiga 40 soatni tashkil qiladi.
Iltimos, arizalarni nemis tilida quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda yuboring:

  • Tarjimai hol (resyume)
  • Ma’lumotnomalar, diplomlar
  • Tavsiyanomalar

Arizalarni 2023 yil 22-martgacha quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz: 
Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi
-    Verwaltung/ Stellenausschreibung WZ-
Sharof Rashidov ko‘chasi 15, 100017 Toshkent

Arizalarni elektron pochta orqali ham quyidagi mazilga yuborishingiz mumkin:  bewerbung@tasc.auswaertiges-amt.de  
Savollaringizni  info@taschkent.diplo.de elektron pochtasi orqali yuborishingiz mumkin.

nach oben