Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Ijodiy tanlov - Ijodiy ishlarni topshirish muddatining uzaytirilishi
Kleckse grafisch abstrahiert, Farben, Farbtöne auf Hintergrund, Textur collagiert. Vielfalt, Regenbogen, Kreativität, Team, Konzept, Bewegung., © Zoonar.com/wolfgang rieger
Germaniyaning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari bilan diplomatik aloqalar o'rnatganining 30 yillik yubileyi munosabati bilan barchani “Germaniya va O‘zbekiston: 1992 – 2022 – 2052” nomi ostida ijodiy tanlovda qatnashishga taklif qilamiz.
Mazkur yilda “30 yil birga” shiori ostida Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yillik yubileyini nishonlaydilar.
Shu bois ushbu hamkorlik kelajakda qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasidagi “Germaniya va O‘zbekiston: 1992 – 2022 – 2052” nomi ostida g‘oyalaringizni intiqlik bilan kutamiz.
Germaniyani qanday tasavvur qilishingizni hamda hamkorlikgimiz va diplomatik aloqalarimiz siz uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchimiz. Germaniya bilan bogʻliq qanday tajribaga egasiz? - O'zbekistonning qayerida Germaniyani topish mumkin yoki nimalar sizga Germaniyani eslatadi? Sizningcha, Germaniya va O‘zbekiston qanday mavzularni birgalikda ilgari suradi? Nimadan umidvorsiz va kelgusi 30 yildagi hamkorlikni qanday tasavvur qilasiz?
Sizni ushbu savollarga ijodiy yondashib, o'z fikringizni bildirishga chorlaymiz. Fikrni ifodalash qisqa metrajli film, videoklip, raqamli fotokollaj, she'r ko'rinishida bo'lishidan qat'iy nazar ifodalashga chegara qo'yilmaydi. Ishtirok etish uchun ijodingiz namunasi raqamli bo'lishi va 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
Tanlov g'olibini Notebook bilan taqdirlaymiz!
- Yakka tartibda yoki guruh bo'lib bajarilgan ijodiy ishlar, keyingi o'rinlarda “Ishtirokchi” deb ataluvchilar.
- Har bir ishtirokchi faqat bir dona ishni taqdim qilishi lozim.
- Ishtirokchining yoshi 30 dan oshmagan bo'lishi lozim.
- Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O'zbekistonda rasmiy yashash joyi manziliga ega bo'lgan barcha millat vakillari uchun
- Ijodiy ish til orqali ifoda etilsa, bu Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining bir yoki bir nechta rasmiy tillari, nemis yoki ingliz tili bo'lishi kerak
Hujjatlar topshirish muddati 2022yil 11 mart sanasigacha.
Batafsil ma’lumotlar hamda ro’yhatdan o’tish uchun hujjatlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin