Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Taraqqiyot sohasida hamkorlik va iqtisodiyot

Kräne vor Abendhimmel

Wirtschaft, © picture-alliance/ Arcaid

19.02.2018 - Maqola

Germaniya Federativ Respublikasi O'zbekistonda taraqqiyot sohasida keng miqyosda faoliyat olib bormoqda hamda iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohotlarni qo'llab-quvvatlamoqda. Bunga quyidagi asosiy yo'nalishlar kiradi:
- xususiy sektor va huquqiy tizimni takomillashtirish, kasb-hunar ta'limi, infrastrukturalarning rivojlantirilishi, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi, atrof-muhit muhofazasi, iqtisodni rivojlantirish, turizm, aholi daromadining yaxshilanishi va maktab tizimi.

Ko'p tomonlama hamkorlik bilan bir qatorda - masalan, UNDP, UNHCR, EU, Jahon Banki, YeXTB va OTB – Germaniya federal hukumati 1992 yildan 2010 yilgacha taraqqiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik dasturlari uchun 300 million Yevro mablag' ajratgan, shundan 240 million Yevro atrofida mablag' moliyaviy hamkorlik uchun va taxminan 60 million Yevro mablag' texnik hamkorlik uchun ko'zda tutilgan.

Quyidagi german tashkilotlari O'zbekistonda taraqqiyot sohasidagi hamkorlik doirasida faoliyat yuritadi: GIZ (Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya tashkiloti) Toshkent, Nukus, Andijon va Termez shaharlardagi bo'linmalari bilan, KfW (Tiklanish uchun kredit tashkiloti), CIM (Xalqaro migratsiya va taraqqiyot markazi), SES (Faxriy mutaxassislar xizmati), Germaniya Omonat kassalarining xalqaro hamkorlik bo'yicha jamg'armasi, ZEF (Bonn universitetining taraqqiyot yo'nalishidagi tadqiqotlar markazi), DVV (Germaniya Xalq universitetlari uyushmasi), KAS (Konrad Adenauer jamg'armasi ) va FES (Friedrix Ebert jamg'armasi).

Joylarda o'z xodimlariga ega bo'lgan ushbu tashkilotlar bilan bir qatorda quyidagi tashkilotlarning alohida loyihalari ham mavjud: Sequa, Tyuringen federal o'lkasi savdo va sanoat palatasi, Chegera bilmas shifokorlar, DEG (Germaniya taraqqiyot jamiyati), IRZ (Huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamkorlik jamg'armasi) va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning iqtisodiy taraqqiyotidagi va o'zgarishda bo'lgan hududni barqarorlashtirishdagi geostrategik ahamiyati sababli Germaniya uchun muhim hamkor hisoblanadi. 2009 yil iyul oyida o'tgan so'nggi hukumatlararo muzokaralar davomida ikkala davlat vakillari, jumladan, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va sog'liqni saqlash yo'nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha aniq kelishuvlar qabul qilishdi.

Sahifa boshiga qaytish