Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Inson huquqlari: Germaniya tashqi siyosatining poydevori

16.12.2021 - Maqola

Germaniya butun dunyoda inson huquqlarining qat'iy ta´minlashini ilgari suradi. Chunki inson huquqlarining faol ilgari surilishiga qaratilgan sayi-harakatlarnafaqat tashqi siyosatimizning asosiy qadriyati hisoblanadi, balki Germaniya manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Inson huquqlari xalqaro ramzi
Inson huquqlari xalqaro ramzi© AA

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

Bundan deyarli 70 yil avval, 1948 yilda yaxshiroq dunyo haqidagi tasavvur dunyoning turli joylaridan kelgan erkak va ayollarni Parijda birlashtirdi. Bu shunday dunyoki unda barcha insonlarning shaxs sifatida qadr-qimmatlari himoyalanadi: Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildilar. Ushbu dunyo odamlarning "tug'ma qadr-qimmati va bir xil hamda ajralmas huquqlari" ga asoslanadi va ularni terining rangi, jinsi, tili, dini yoki boshqa mezonlar asosida farqlamasdan har bir inson huquqini ta'minlaydi. Har bir inson - inson ekanligi uchungina va bir-birimizdan ajratib turuvchi xususiyatlarga umuman bog´liq bo'lmagan holda - insoniy huquqlarga ega.

Har bir insonparvar jamiyatining asosi

Germaniyaning inson huquqlarini himoya qilish majburiyati Germaniya tarixidagi eng qorong'u sahifadan olgan saboq hamdir. Shuning uchun Asosiy Qonunning 1-moddasida inson qadr-qimmati hamda daxlsiz va ajralmas inson huquqlari har bir insoniyat jamiyatining, dunyodagi tinchlik va adolatning asosi sifatida qayd etilgan. Asosiy qonun nafaqat Germaniyada inson huquqlarini kafolatlaydi, balki bizga butun dunyoda odamlarning qadr-qimmati va asosiy erkinliklarini himoya qilish majburiyatini yuklaydi.

Ma'naviy majburiyat va siyosiy manfaat

Federal hukumatning Inson huquqlari siyosati va gumanitar yordam bo'yicha vakili Berbel Kofler

Inson huquqlarini himoya qilish Asosiy Qonunda nazarda tutilgan ma’naviy va xalqaro huquq asosidagi majburiyatning o'zigina emas. Inson huquqlarini himoya qilish Germaniya tashqi siyosati manfaatlarini ham inobatga oladi. Dunyo bo'ylab keltirilgan misollar shuni ko'rsatadiki, inson huquqlari poymol etilgan yerda uzoq muddatli tinchlik va barqaror rivojlanish bo'lmaydi. Himoyalangan erkinlik va inson qadr-qimmati esa ijodkorlik va farovonlik uchun turtki ekanligini isbotladi.

Federal hukumatning inson huquqlari hamda insonparvarlik yordami bo'yicha mas'ul vakili Luise Amtsbergning portret surati
Luise Amtsberg, Federal hukumatning inson huquqlari hamda insonparvarlik yordami bo'yicha mas'ul vakili© Marco Fischer

Inson huquqlari siyosatiga Federal hukumatning inson huquqlari hamda insonparvarlik yordami bo'yicha mas'ul vakili Luise Amtsberg bilan bir qatorda, Federal Tashqi ishlar vazirligining inson huquqlari  va gender masalalari bo'yicha maxsus bo'limi ham mas'ul hisoblanadi. Ular birgalikda turli xil vositalardan foydalanadilar: nohukumat tashkilotlarni moliyalashtirish dasturlari, siyosiy muloqotlar, ommaviy bayonotlar yoki tovushsiz diplomatiya allaqachon ko'plab mamlakatlarda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyatni yaxshilashni uddalagan.


12. Federal hukumatning inson huquqlari siyosati bo'yicha hisoboti: fuqarolik jamiyatlari diqqat markazida

13. Federal hukumatning inson huquqlari siyosati bo'yicha hisoboti:  inson a'zolari savdosi diqqat markazida

14. Federal hukumatning inson huquqlari siyosati bo'yicha hisoboti:  BMT Xavfsizlik Kengashi doirasida inson huquqlarini ta´minlash uchun faol harakatlar

Inson huquqlarining eng yaxshi himoyachisi bu faol fuqarolik jamiyatidir

Inson huquqlari himoyasi uchun huquq buzilishi mumkin bo'lgan holatlarni muhokama qiluvchi jamoatchilik ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ushbu jihatga Germaniya o'z sayi-harakatlarida alohida e'tibor beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlar, diniy guruhlar, ziyolilar va faol shaxslar bilan muloqotda Germaniya butun dunyo bo'ylab harakatchan va muhim fuqarolik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Chunki fuqarolar davlatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritadigan guruhlar va jamoat forumlarida qatnasha olsalar, bu inson huquqlariga e'tiborsizlikka qarshi eng yaxshi himoyalardan biridir.

Fuqarolik jamiyati va inson huquqlari”  mavzusida batafsil ma´lumot

Germaniya shartnoma ishtirokchisi sifatida
Asosiy qomus 1-moddasidan yozuv: inson-qadr-qimmati daxlsizdir
Asosiy qomusning 1-moddasi: inson qadr-qimmati daxlsizdir© photothek.net

BMT nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida BMTga a’zo davlatlar inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha keng qamrovli shartnoma tizimini yaratdilar. Germaniya BMTning inson huquqlari bo'yicha barcha ahamiyatli shartnomalari va ularning qo'shimcha protokollari ishtirokchisi bo'lib, shartnoma qo'mitalariga muntazam ravishda tegishli shartnoma majburiyatlarining bajarilishi to'g'risida hisobot beradi.

BMT da inson huquqlari” mavzusida batafsil ma´lumot

Yevropada ham inson huquqlarini himoya qilish institutlaridan tashkil topgan keng tarmoq mavjud. Ushbu masalada Yevropa Ittifoqi bilan bir qatorda Yevropa Kengashi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti asosiy ahamiyatga ega:

Yevropa Ittifoqida asosiy huquqlarni himoya qilish

Yevropa Kengashi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilot



Sahifa boshiga qaytish