Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

„Birdamlik. Yevropani yana kuchli qilamiz.“ Germaniya Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligini qabul qilib olmoqda

Test

Test, © Bundesregierung

30.06.2020 - Maqola

1 iyul sanasidan boshlab Germaniya keyingi olti oy mobaynida Yevropa Ittifoqi Kengashi prezidentligi deb atalsmish Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qiladi. Yevropa Ittifoqi uchun bizning maqsadimiz: birdamlik va qat´iy ichki siyosat, salohiyatli hamda suveren tashqi siyosat yuritish.

2007 yildan boshlab Germaniya umumiy hisobda 13-chi marotaba Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligini qabul qilib oladi. Raislik vaqtida Germaniya Federal hukumati vakillari Kengashning barcha darajalaridagi majlis va anjumanlarda, Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalari bundan mustasno, yetakchilik qiladi va Yevropa Ittifoqining Kengashdagi faoliyati izchilligini ta'minlaydi. Germaniya koronavirus pandemiyasidan kelib chiqib o'z etiborini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklanishga qaratishni va shu bilan birga Yevropa Ittifoqini strategik jihatdan muhim bo'lgan iqlim o'zgarishi, qochqinlar va migratsiya, qonun ustuvorligi va raqamlashtirish kabi kelajak mavzularida yanada yaxshi namoyon etishni xohlaydi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas uchun shunisi ravshanki:

„Koronavirus pandemiyasi Yevropa Ittifoqining ba´zi davlatlariga boshqalariga nisbatdan ko'proq ziyon yetkazdi, ammo iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar butun Yevropaga ta´sir qildi. Shuning uchun bu inqirozdan biz faqat birgalikda chiqib keta olamiz. Germaniya Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi sifatida harakatlantiruvchi kuch va moderator bo'lmoqchi. Bizning vazifamiz natijada Yevropadagi barcha insonlarga foyda keltiruvchi ko'priklar qurish va yechimlar topishdan iborat bo'ladi. Biz Yevropa doirasida qanchalik qat´iy va birdam harakat qilsak, Yevropa tashqarisida shunchalik salohiyatli va suveren bo'lishimiz kerak. Bizga boshqalar rahnamo bo'lishini xohlamaymiz, o'z yo'limizdan yurmoqchimiz va yo'limizni geopolitik jihatdan o'zimiz shakillantirmoqchimiz“.

Demak dastur quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • Koronavirus inqirozini barqaror yengish
  • Kuchliroq va yanada innovatsion Yevropa
  • Adolatli Yevropa
  • Izchil Yevropa
  • Havfsiz va umumiy qadriyatlarga asoslangan Yevropa
  • Dunyoda kuchli Yevropa 

Uchlik raisligi: Germaniya, Portugaliya va Sloveniya

Raislik qilayotgan a´zo davlatlar Trio-Prezidentlik deb atalmish uchlik guruhi doirasida bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar. Ushbu qoida 2009 yilda tuzilgan Lissabon kelishuvi asosida kiritilgan. Ushbu uchlik raisligi uzoq muddatli maqsadlarni shakillantiradi va Kengashning kelasi 18 oy davomida shug´ullanadigan mavzulari va dolzarb muammolariga qaratilgan umumiy dasturini ishlab chiqadi.

Ushbu dastur asosida uch davlatning har biri o'zining 6 oyga mo'ljallangan batafsil dasturini taqdim etadi. Germaniya yangi uchlik raisligini boshlab beradi va undan keyin 2021 yilda Portugaliya, so'ng Sloveniya raislikni davom ettiradi.

Raislik vazifalari

Raislik Kengashning Yevropa Ittifoqi qonunlariga oid maslahatlashuvlarini jadallashtirish va Yevropa Ittifoqi kun tartibini uzluksizligini, qonunchilik jarayonlarini tegishli tartibda amalga oshirilishi hamda a´zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlik ta´minlanishiga mas´uldir. Ushbu vazifani bajarish uchun rais halol va betaraf vositachi bo'lib qolmog´i lozim.

 Raislikning umuman olganda ikki vazifasi bor:

1. Kengash va uning tayyorlov idoralari majlislarini rejalashtirish va olib borish

Raislik Kengashning turli bo'limlari (Tashqi aloqalar bo'yicha Kengash bundan mustasno) va tayyorlov idoralari majlislarini olib boradi. Tayyorlov idoralariga Doimiy vakil qo'mitasi kabi doimiy qo'mitalar hamda ishchi guruhlar va ixtisoslashgan qo'mitalar kiradi.

Raislik maslahat majlislar qoidalarga muvofiq olib borilishini va Kengashning tartib qoidalari va ish uslublari to'g'ri qo'llanilishini ta'minlaydi.

Shuningdek, raislik Bryusselda va o'z mamlakatida turli xil rasmiy va norasmiy uchrashuvlarni tashkillashtiradi.

2. Yevropa Ittifoqining boshqa idoralaridagi Kengashning vakili

Raislik Kengashning Yevropa Ittifoqining boshqa idoralarida, xususan Yevropa Komissiyasi va Yevropa Parlamentidagi vakili hisoblanadi. Uning vazifasi uchlik doirasida norasmiy muzokaralar va vositachi qo'mitaning majlislarida qonunchilikka doir tashabbuslar bo'yicha kelishuvga erishtirishdan iborat.

Raislik o'z vazifalarini quyidagi shaxslar bilan uzviy muvofiqlashtirgan holda bajaradi

  • Yevropa Kengashi Prezidenti,
  • Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo'yicha Oliy vakili.

Raislik ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi va ba'zan Oliy vakil nomidan ma'lum vazifalarni, masalan, tashqi ishlar kengashining Yevropa parlamentidagi vakili sifatida yoki umumiy savdo siyosati masalalari muhokama qilinadigan tashqi ishlar kengashining majlislarini olib borish kabi vazifalarni bajarish vakolatlariga ega bo'lishi mumkin.


Sahifa boshiga qaytish