Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 20019/2020 yy. a'zosi

Maqola

2018 yil 8 iyunda Germaniya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan a'zosi etib 2019/20 davri uchun saylandi. Germaniya 2019 yil 1 yanvardan boshlab ikki yil davomida Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan a'zosidir.

Germaniya Federativ Respublikasi oltinchi marotaba dunyoda tinchlik va xavfsizlik uchun alohida mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Germaniya ishonchli ishtirokchi sifatida xalqaro tartibni mustahkamlashga, ko'p tomonlama tizimda sezilarli javobgarlikni o'z zimmasiga olishga va mavjud inqirozlar va nizolarning oldini olishga o'z hissasini qo'shishni istaydi. Bu vazifani u ko'p tomonlama tartibot markazida bo´lmish BMT bilan uning katta bosim ostida qolgan bir paytda bajarishni istaydi. Shu maqsadda Germaniya kun tartibining asosiy mavzulari sifatida ayollar, tinchlik va xavfsizlik, qurolsizlanish va qurol tarqatmaslik, inson huquqlari, iqlim va xavfsizlik, xalqaro gumanitar huquq va gumanitar makon mavzularini belgiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi besh doimiy va har biri ikki yilga saylanadigan o'n doimiy bo'lmagan a'zolari bilan xalqaro huquq asosida majburiy bo'lgan qarorlarni qabul qiladigan yagona organdir. Xavfsizlik Kengashiga a'zolik Germaniya tashqi siyosatining ta'sir o'tkazish imkoniyatlarini oshiradi. A'zo sifatida Germaniya tinchlik va xalqaro xavfsizlikning muhim masalalarida, shu jumladan tinchlik missiyalarini topshirish va sanktsiyalarni joriy qilishda o'z nuqtai-nazarini uzluksiz namoyish qilishi kerak. 2019/20 yillarda Germaniya bilan bir qatorda Belgiya, Dominikan Respublikasi, Indoneziya va Janubiy Afrika Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan a'zolari hisoblanadi. 2019 yil 7 iyunda Tunis, Vetnam, Niger, Sent-Vinsent va Estoniya 2020/21 yillarga Xavfsizlik Kengashiga saylandi.

Xavfsizlik Kengashida Germaniyaning ustuvor yo'nalishlari nimalardan iborat?

Xavfsizlik Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkilotining butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydigan eng muhim organidir. Mandatlar muddatini uzaytirish va inqirozlar davrida o'zining konstruktiv va shakllantiruvchi ishtiroki bilan Germaniya a'zo sifatida asosiy e'tiborini nizolarni hal qilishga qaratadi. Bundan tashqari Germaniya Xavfsizlik Kengashi nizolarni oldini olishda bugungi kungacha bo'lganidan ko'ra jadalroq ishlashiga sayi harakat qiladi, bu esa keng ma'noli xavfsizlik   iborasining mazmun-mohiyatiga to'g'ri keladi.

Germaniya kundalik dolzarb inqiroz masalalaridan tashqaridagi tanlangan mavzularni Xavfsizlik Kengashi kun tartibidaga qo'yish ustida ishlaydi. Bunga, masalan, iqlim o'zgarishi va xavfsizlik siyosati o'rtasidagi bog'liqlik yoki pandemiyaning global xavfsizlikka ta'siri kiradi. Chunki iqlim o'zgarishi ham  tobora ko'p mamlakatlar uchun xavfsizlik muammosiga aylanyapti, masalan dengiz sathi ko'tarilishi mamalakat mavjudligiga tahdid solganligi sababli kichik orol davlatlari uchun.  

Germaniya, shuningdek, „Ayollar, tinchlik, xavfsizlik“ nomli kun tartibi tarafdori. Gap ayollarga nizolarni oldini olish va yengishda yanada salmoqli o´rin egallashi uchun yordam berish bilan birga, o´zini mojarolarda jinsiy zo´ravonlikdan himoya qilishi haqida ketmoqda. Bu borada Germaniya Dominikan Respublikasi bilan birga 2020 yilga ayollar, tinchlik va xavfsizlik deb nomlanadigan norasmiy ekspertlar guruhida qo´shma raislikni qabul qildi. 2019 yil 23 apreldagi Germaniya raisligida qabul qilingan 2467-son resolutsiyasi mojarolardagi jinsiy zo´ravonlikga qarshi samaraliqor qurashish va jinoiy nuqtai nazardan taxlil qilish yo´lida muhim muvaffaqiyat bo´ldi.

Shu bilan birga Germaniya gumanitar tizimni mustahkamlash tarafdori. Gap xalqaro gumanitar huquqni yaxshiroq qo'llash, gumanitar sohadagi yordamchilarni himoya qilish, mojarolarga duch kelgan mintaqalarda gumanitar yordamni ta´minlash va qurolli mojarolarda tinch aholini yaxshiroq himoya qilish haqida ketmoqda.

Ko'p tomonlama hamkorlik uchun alyans miqiyosidai sherik mamlakatlar bilan birgalikda, Germaniya 2019 yil sentyabr oyida xalqaro gumanitar huquqni ilgari surish va unga rioya qilish bo'yicha „Humanitarian Call for Action“ insonparvarlik tashabbusini taqdim etdi. Bu doirada Germaniya Jazosizlikga qarshi ittifoq bilan birgalikda o´ta og´ir jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish („accountability“) tarafdori.

Xavfsizlik Kengashidagi „Suriyadagi insonparvarlik“ bo'yicha hamraisi sifatida, biz muhtojlarga gumanitar yordam ko'rsatish tarafdorimiz. Bundan tashqari Germaniya gumanitar sohadagi dunyoning muhim davlatlaridan biri sifatida mojarolardan aziyat chekayatgan mintaqalarda tinch aholini keng qo´llab -quvatlaydi va shu bilan xalqaro huquq qoidalari va gumanitar tamoyillarga rioya qilish yo´lida sayi harakatlarini urgúlaydi.

Bundan tashqari Germaniya qurolsizlanish va qurollanish nazoratiga shunigdek  yadroviy qurol nazorati mavzusiga oid ikkita munozara va kichik qurollar resolutsiyasi bo´yicha loyihasi orqali yangi turtki berdi. Germaniya xalqaro qurollanish nazorati tartibining kuchli tarafdori. Bu nafaqat yadroviy, balki misol uchun avtonom qurol tizimlarini qamrab olishi kerak.

Va nihoyat insonhuquqlari va xafsizlik masalalarini birlashgan holda ko´rib chiqish Germaniya uchun xavfsizlik kengashida asosiy mavzular bo´lib qoladi. Germaniya ommaviy ravishda inson huquqlari buzilishi xavfsizlik kengashida ham keng muhokama qilishini tarafdori, chunki ular ko´pincha mojarolarning bir vaqtda alomat va sabablarini tashkil qiladi.

Ko'plab qoshimcha mavzular bilan shug´ullangan holda , Germaniya misol uchun inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar Mishel Bacheletni batafsil ma´lumot olish uchun ekspert sifatida taklif qildi va tinchlik missiyalarida inson huquqlari komponentlari bo'yicha norasmiy uchrashuvini tashkil qildi.

Germaniyaning a´zoligi xavfsizlik kengashida qay tarzda o´tadi?

2018 yil birinchi oktyabr sanasidan bo´shlab Germaniya xavfsizlik kengashining barcha yig´ilishlarida kuzatuvchi sifatida qatnashib kelmoqda. 2019 yil birinchi yanvardan esa Germaniya kengashning to´laqonli a´zosiga aylandi. 2019 yil birinchi aprelda Frantsiya ketidan Germaniya joriy a´zolik davrida birinchi marotaba xavfsizlik kengashining raisligini qabul qilib oldi. Ikki raislik ham xavfsizlik kengashining tarixida birinchi marotaba „Egizaklik raislik” tariqasida mavzu jihatdan bir biriga bog´lik edi. Joriy  2020 yilda ham Germaniya xavfsizlik kengashining raisligi Estoniya may oyida boshlagan va Frantsiya iyun oyida davom ettirgan „Yevropa bahorini” davom ettirmoqda.  

Yevropa ittifoqining birdamligi Germaniya uchun muhim vazifa aynan Nyu Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotidadir. Chunki, agar biz yevropaliklar birlashib umumiy qarashlar bilan chiqsak, bizning ovozimiz yanada ko´proq kuchga ega bo´ladi. Maqsadimiz birgalikda harakat qilish. Shuning uchun Germaniya xavfsizlik kengashida ham Yevropa ittifoqidagi sheriklari bilan yaqindan maslahatlashadi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining to´rt davlati Xavfsizlik kengashida a´zo.  

Birlashgan Millatlar Tashkilotida Germaniyaning faoliyati

Germaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotida siyosiy, moliyaviy va hodimlar sonidan kelib chiqib keng faoliyatni olib boradi, insonparvarlik yordami bilan bir qatorida doimiy va tinchlikni saqlash masalalaridagi byudjetga to´lovlar hajmi boýicha to'rtinchi ishtirokchisi va rivojlanish maqsadlarida  rasmiy yordamn bo'yicha ikkinchi yirik donori hisoblanadi. Bundan tashqari hozirga paytga kelib Germaniya BMTning tinchlik saqlash missiyalari uchun askar yo´llovchi yirik g´arb davlatlaridan biri va Mali va Libanondagi tinchlikni saqlash missiyalarida faol qatnashib kelmoqda.

Sahifa boshiga qaytish