Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Ikkitomonlama munosabatlar

Flaggen von Deutschland und Usbekistan

Flaggen von Deutschland und Usbekistan, © Deutsche Botschaft Taschkent

05.12.2017 - Maqola

Germaniya Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasi doirasida O'zbekiston bilan hamkorlik olib bormoqda va ko'p tomonlama yo'nalishlarda ham (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Xalqaro Qizil yarim oy qo'mitasi) faoliyat yuritmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida avvalambor O'zbekistondagi huquqiy islohotlar va fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi Germaniyaning KAS (Konrad Adenauer nomidagi) va FES (Friedrix Ebert nomidagi) siyosiy jamg'armalari, Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyati (GIZ) hamda Huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamkorlik jamg'armasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Inson huquqlari sohasi ko'p tomonlama va ikki tomonlama hamkorlikning asosiy mavzularidan biri hisoblanadi. Berlin va Toshkentda navbatma-navbat o'tkaziladigan ikki tomonlama siyosiy konsultatsiyalarda inson huquqlari mavzusi muntazam ravishda kun tartibiga kiritib kelinmoqda.

Toshkent-Berlin, Samarqand-Bremen va Buxoro-Bonn shaharlararo hamkorlik dasturlari to'g'ridan-to'g'ri siyosiy aloqalarni to'ldirib boradi.

Sahifa boshiga qaytish