Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
To´liq emlangan shaxslar uchun Germaniyaga kirish

Фотография прививочного паспорта с наклейками о вакцинации от Ковида-19 и посадочный талон, © picture alliance /компания "Eibner-Pressefoto"
SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) tomonidan tasdiqlangan vaksinalardan biri (yoki uchinchi mamlakatlarda qo´llaniladigan ushbu vaksinalarga tenglashtirilgan vaksinalardan biri) bilan toʻliq emlangan shaxslar O‘zbekistondan Germaniyaga kirishlari mumkin. Bu shaxslar Germaniyaga mehmon sifatida tashrif buyurishi yoki turistik maqsadlarda ham kirishlari mumkin. To´liq emlangan shaxslar kirish vizalarini olish uchun arizani topshirish maqsadida Germaniya elchixonasiga ga murojaat qilishlari mumkin.
Yuqoridagilar virus variantlari tarqalgan hududlarni ro´yxatiga kiritilgan mamlakatlardan kirishga taaluqli emas. Ushbu mamlakatlardan Germaniyaga kirish hali ham taqiqlangan.
Kirish faqat Yevropa dori-darmon agentligi (EMA) tomonidan tasdiqlangan bir yoki bir nechta vaksinalar bilan to´liq emlangan shaxslarga ruxsat etiladi (bu yerda tasdiqlangan vaksinalar ro´yxati keltirilgan) yoki uchinchi mamlakatlarda qo´llaniladigan ushbu vaksinalarga tenglashtirilgan vaksinalar bilan to´liq emlanganlar uchun (vaksinalar ro´yxati bu yerda keltirilgan). Ushbu ro´yxatga o´xshash himoya darajasini ta´minlaydigan boshqa vaksinalarning kiritilishi, zarur ko´rib chiqish jarayonlari tugagach ko´zda tutilgan.
Emlash sertifikati
Kirish uchun 1, 2 va 3 larda keltirilgan talablarga toʻliq javob beradigan emlash sertifikati talab qilinadi:
1. Yevropa Ittifoqining raqamli COVID-sertifikati yoki unga tenglashtirilgan emlash sertifikati nemis, ingliz, fransuz, italyan yoki ispan tillarida elektron shaklda yoki qog‘ozda taqdim etilishi kerak. Sertifikatlarning qog´ozdagi fotosuratlari raqamli tasdiqlovchi hujjat hisoblanmaydi. Elektron tasdiqlovchi hujjatlar vakolatli organ tomonidan elektron shaklda berilishi va qabul qiluvchiga elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
2. Emlash sertifikati quyidagi ma´lumotlarga ega bo´lishi kerak:
1. emlangan shaxsning shaxsiy ma´lumotlari (familiyasi, ismi va tug´ilgan sanasi yoki amal qiluvchi pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa rasmiy hujjatning raqami, ular birga olib yurilishi va zarur tekshirish paytida taqdim etilishi kerak)
2. emlash sanasi, emlashlar soni,
3. vaksina nomi,
4. qaysi kasallikka qarshi emlanganligi (kasallik nomi), shuningdek
5. emlash jarayoni yoki emlash sertifikatini berish uchun mas´ul shaxsni/tashkilotni aniqlash mumkin bo´lgan belgilar, masalan, rasmiy belgilar yoki sertifikat bergan shaxs/tashkilotning nomi.
3. Bundan tashqari, emlash “Infeksiyalardan himoyalanish to´g´risida” gi qonunning 22-moddasi 1-bandiga muvofiq emlash orqali to´liq himoya ta´minlanishi uchun muvofiq talablarga javob berishi kerak. To´liq emlash quyidagilarni bildiradi:
a) 2022-yil 30-sentyabrgacha: ikki marta emlanish
b) 2022-yil 30-sentyabrgacha: bir marta emlanish, faqatgina qo´shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilsa:
- birinchi emlashdan oldin koronavirus mavjudligini tasdiqlovchi antitanachalar testi va kasallikdan keyin emlash o´tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki
- emlashdan oldin nuklein kislotalar mavjudligini tasdiqlovchi musbat testi (masalan, PCR testi) yoki
- emlashdan keyin va 28 kun o´tgandan so´ng nuklein kislotalar mavjudligini tasdiqlovchi musbat testi (masalan, PCR testi)
c) 2022-yilning 01-oktyabrdan keyin: uchta emlanish mavjudligi, va uchinchi emlash ikkinchidan kamida 3 oy o´tgach qilinganligi;
d) 2022-yilning 01-oktyabrdan keyin: ikkita marta emlanish, faqatgina qo´shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilsa:
- birinchi emlashdan oldin koronavirus mavjudligini tasdiqlovchi antitanachalar testi va ikkita emlash mavjudligini tasdiqlovchi hujjat yoki
- ikkinchi emlashdan oldin qilingan nuklein kislotalarning mavjudligini tasdiqlovchi musbat testi (masalan, PCR testi) yoki
- ikkinchi emlashdan keyin qilingan va 28 kun o´tgandan so’ng nuklein kislotalarning mavjudligini tasdiqlovchi musbat test (masalan, PCR testi)
Iltimos, har bir rejalashtirilgan sayohatdan oldin emlash sertifikatingiz yuqoridagi talablarga javob berishini tekshiring. Emlanmagan 12 yoshgacha bo´lgan bolalar Germaniyaga test (PCR testi yoki antitanachalar testi) bilan va to´liq emlash kursini tugatgan kamida bitta ota-ona hamrohligida kirishlari mumkin. 6 yoshgacha bo´lgan bolalar uchun testning taqdim etilishi shart emas.
Qo´shimcha ma´lumotni havola orqali topishingiz mumkin.