Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniyaga visa rasmiylashtirish, kirib kelish va karantin qoidalariga oid ma´lumotlar

09.07.2020 - Maqola

 Quyida Siz Germaniyaga viza rasmiylashtirish, kirib kelish va karantin qoidalariga oid ma´lumotlarni olishingiz mumkin.

1. Viza rasmiylashtirish

Hozirgi kunda viza faqat quyida keltirilgan istisno holatlarda rasmiylashtirilishi mumkin:

  • Kirish cheklovlaridan istisno qoidalarga (2020 yil 16 mart kuni Yevropa Ittifoqi komissiyasi 115 yakuniy xabariga muvofiq) kiruvchi viza uchun arizalar:

-tibbiyot xodimlari, tibbiyot tadqiqotchilari va parvarishtalab shaxslarga qaraydigan xodimlar;

-davlat chegarasini kesib o´tib ishlaydigan xodimlar, yuk transporti xodimlari va boshqa zarur bo´lgan sohalarning ishchi-xodimlari (misol uchun, samolyot ekipaji);

-diplomatlar, xalqaro tashkilotlar, harbiy xizmatchilar va gumanitar xodimlar o'z vazifalarini bajarish davrida;

-tranzit yo'lovchilar (hamda konsullik ko´mak doirasida vataniga qaytarilayotganlar);

-shoshilinch oilaviy sabablarga ko´ra safarga chiqqan yo´lovchilar;

-boshqa gumanitar sabablarga ko'ra yoki xalqaro himoyaga muhtoj shaxslar;

  • Oilani birlashtirish uchun viza arizalari
  • Quyidagi guruhlardagi mutaxassislarning viza arizalari

-Mutaxassislarning immigratsiya haqidagi qonuniga muvofiq mehnat munosabatlarini tasdiqlovchi hujjat asosida ish joyi qayd etilgan taklifnomaga ega bo´lgan mutaxassislar

-olimlar/tadqiqotchilar

-ish yuzasidan safarlar va Intra-Corporate-Transfer (mutaxassislarning kompaniyandagi ichki transferi) asosidagi safarlar yetakchi ishchi-xodimlar va mutaxassislar bilan cheklangan

-menejerlar

-AKT-mutaxassislari

-jamoat manfaati uchun muhim bo´lgan faoliyat turlari

Bular qatoriga favqulodda xizmat safarlari uchun beriladigan C-vizalari ham kiradi, agar arizachi uning Germaniyaga kirishi pandemiya vaziyatida ham mutlaqo zarur ekanligini ishonchli isbotlasa (masalan, ish beruvchining ma´lumotnomasi orqali).

Germaniyada bo´lish majburiyatini tasdiqlash (masalan, mehnat shartnomasi orqali) va mehnat faoliyati iqtisodiy nuqtai nazardan zarur bo'lganligi va uni kechiktirish yoki chet eldan turib bajara olmaslikni mumkin emasligini isbotlab berish talabi etiladi (ish beruvchi / bururtmachi tomonidan ma´lumotnoma taqdim etilishi talabi). Iqtisodiy zarurat, iqtisodiy munosabatlar va / yoki Germaniya iqtisodiyoti yoki ichki bozoriga tegishli. Tegishli hujjatlar safar davomida olib yurilishi va chegara nazoratiga taqdim etilishi kerak.

O'qishni butunlay chet eldan amalga oshirish imkoniyati bo'lmaydigan talabalar. Ushbu istisno barcha o´qishga kirganligini tasdiqlovchi qarorga ega bo´lganlarga (o´qish boshlanishidan oldin til o´rganish kursini bitirish yoki praktika o´tish talabi bilan ham) tegishli. Lekin, bu qoidaga abiturientlar va masalan til o´rganish kursini o´tish uchun va keyinroq o´qishga kirish maqsadi bilan Germaniyaga keluvchilarga (alohida til kursi) tegishli emas. Talabalar uchun C-turdagi vizalar hozircha berilmaydi. Germaniyada bo´lish majburiyatini tasdiqlovchi oliy o´quv yurti tomonidan berilgan elektron hujjat (masalan, elektron xat) talab etiladi; hujjatlar chegara nazoratida ham taqdim etilishi kerak.

2. Vizalarni soddalashtirilgan holda qayta rasmiylashtirish

Milliy vizalar (uzoq muddatli D vizalar)

Mavjud kirish cheklovlari, 2020-yil 17-martda kuchga kirishdan oldin elchixona tomonidan berilgan milliy vizani amal qilish muddati davrida foydalanish imkoniyati bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.

Kirish imkoniyati paydo bo'lishi bilanoq, yangi milliy viza soddalashtirilgan tartibda so'rov bo'yicha berilishi mumkin. Talab shundan iboratki, faqatgina sayohat sanasi, ammo maqsadi yoki yashash joyi o'zgartirilmagan bo'lishi lozim.

Erkin shaklda yozilgan ariza elchixonaga kirish cheklovlari tugagan kundan boshlab bir oy ichida topshirilishi kerak. Buning uchun aloqa formulyaridan foydalanish mumkin. Ehtimol. viza berilishiga olib keladigan shartlar hanuzgacha mavjudligini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlar topshirilishi kerak bo'ladi. Keyingi shaxsiy suhbat yoki uchrashuvga yozilish odatda talab qilinmaydi.

Agar kerak bo'lsa, asl hujjatlar o'rniga hujjatlarning skanerlari / nusxalari ham topshirilishi mumkin.

Shengen vizasi (qisqa muddatli 90 kungacha bo'lgan C vizasi)

Shengen vizalari uchun soddalashtirilgan tartib (90 kungacha) hozircha amalga oshirilishi mumkin emas.

3. Germaniyaga kirish bilan bog´liq cheklovlar

O´zbekistondan Germaniyaga kirish hozirda mavjud cheklovlar sababli mumkin emas. Qo´shimcha ma´lumotni quyidagi shoshilinch zarurat so´zidan topasiz.

Germaniya hududida ko´plab davlatlardan kirish cheklovlari amal qilmoqda. Iltimos, safaringizdan oldin davlatingizga oid amaldagi batafsil kirish qoidalarini Germaniyaning Federal Ichki ishlar vazirligining tegishli veb-sahifasidan ham bilib oling.

Hozirda quyidagi davlatlardan kirish mumkin:

  • Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar
  • Shengen kelishuvi doirasidagi YEI bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolagan davlatlar: Norvegiya, Shvetsariya va Lixtenshteyn
  • Buyuk Britaniya va
  • boshqa, epidimeologik vaziyat Yevropa Ittifoqi tahliliga asoslanib Germaniyaga kirish ruhsat etilgan, davlatlar

Qolgan davlatlardan kirish faqat istisno sifatida mumkin. Buning uchun shoshilinch zarurati talab qilinadi.

4. Germaniyaga kirishda karantin talablari

O´zbekistondan Germaniyaga kelganda Siz  kirish kunidan boshlab 14 kunlik uy sharoitida karantinda bo´lishingiz lozim.

Ohirgi 14 kun ichida virus yuqtirish xavfi ostidagi hududlardan Germaniyaga tashrif

  • Germaniya hududiga kirgandan so´ng darhol belgilangan manzilingizga borishingiz zarur
  • u yerda o´zingizni yakkalashingiz va
  • elektron xat yoki telefon orqali vakolatli idoraga, odatda bu hududiy sog´liqni saqlash idorasiga, xabar berishingiz zarur.

Istisno: Tranzit

Transit yo´lovchilariga uy sharoitida karantinga olish talabi taaluqli emas. Ammo Sizdan ushbu holatda Germaniyadan darhol chiqib ketish talab qilinadi.

Istisno: negativ test natijalarini isbotlovchi hujjat

Agar Siz SARS CoV-2 virusiga chalinmaganligingiz to´grisidagi hujjatni taqdim etsangiz Sizga nisbatan bu karantin talablari qo´llanilmaydi.

Hujjat shifokordan tibbiy ma´lumotnoma tarzida bo´lishi zarur. Kasallik mavjud emasligini tasdiqlovchi molekulyar biologik test Germaniyaga kirishdan ko´pi bilan 48 soat avval olingan bo´lishi kerak (ya´ni surtma Germaniyaga kirishdan ko´pi bilan 48 soat avval olingan bo´lishi kerak).

Test Yevropa Ittifoqiga a´zo davlatning birida yoki sifat standarti jihatidan o´xshash bo´lgan davlatda topshirilishi kerak.

Muqobil ravishda test Germaniyaga kirishdan keyin:

  • Chegarani kesib o´tish joyda
  • Manzilida topshirilishi mumkin.

Test javoblari - test kirishdan oldin yoki kirgandan so´ng topshirilganidan qat’iy nazar- Germaniyaga kirgandan so´ng kami bilan 14 kun davomida saqlanishi kerak. Test javobini sog´liqni saqlash idorasi talabiga binoan zarur vaqtda taqdim etish zarur.

Sahifa boshiga qaytish