Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Xavfsizlikka oid ko'rsatmalar va nogironlar uchun qulaylik
Elchixonaga shaxsni tasdiqlovchi amaldagi hujjat taqdim etilganidan keyingina kirish mumkin.

Elchixona / viza bo'limiga quyidagi buyumlarni olib kirish taqiqlanadi:
• Elektron qurilmalar: mobil telefonlar, MP3-pleerlar, planshetlar, kompyuterlar, kameralar, videokameralar va hk.;
• o'q-dorilar, kesuvchi aslahalar;
• portlovchi moddalar;
• kimyoviy moddalar, suyuqliklar va gazlar (aerosol qutilari).
Xavfsizlik maqsadida elchixona hududiga katta sumkalar, rukzaklar va paketlar kiritilmaydi.
Nogiron shaxslar uchun ma'lumot:
Elchixona nogiron kishilarni qo'llab-quvvatlaydi va mavjud me'moriy sharoitlar doirasida ularning elchixona hodimlari bilan muloqotini yengillashtirishga harakat qiladi.
Arxitektura sharoitlaridan kelib chiqib elchixona binosiga to'siqsiz kirish faqat cheklangan darajada mumkin va oldindan kelishilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ko'zi ojiz shaxslarga qurilish va texnik jihatdan yordam ko'rsatish imkoni yo'q.