Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

10 yil PASCH – Chorvoq/Toshkent teatr festivali

15.10.2018 - Rasmlar galereyasi

2008 yilda Germaniya federal tashqi ishlar vazirgili „Maktablar: kelajak hamkori tashabbusiga start berdi (PASCH). Vazirlik PASCH faoliyatini muvofiqlashtiradi va uni Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA), Gyote Instituti (GI), Germaniya akademik almashuvlar xizmati (DAAD) hamda Germaniya yerlarining Madaniyat vazirlari kengashining Pedagogik almashuvlar xizmati (PAD) bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Bu yil PASCH tashabbusi o’zining 10-yillik yubelyini nishonlamoqda. Bu tashabbus dunyo bo’ylab 2000dan ziyod maktablarni birlashtiradi, shu jumladan O’zbekistondan 21 maktab va litseyni ham. Bu maktablarda nemis tili va madaniyatini o’rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu munosabat bilan Germaniyaning Toshkentdagi va Dushanbedagi elchixonalari 8-12 oktyabr kunlari Gyote instituti va Xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZfA) bilan birgalikda O’zbekiston va Tojikistondagi PASCH-maktablari o’rtasida aloqalarni mustahkamlash va o’quvchilar o’rtasida tajriba almashish maqsadida Toshkentda nemis tilida teatr seminarini o’tkazishdi. O’quvchilar turli yo’nalishdagi seminarlarda ishtirok etishdi, masalan, matn yozish, musiqa bastalash, media-dizaynni   ishlab chiqish va teatr sahnalashtiruvi. Parallel tarzda  o’qituvchilar uchun nemis tilini kreativ o’qitish mavzusida seminarlar tashkil etildi.

12 oktyabrda Toshlkentdagi Yoshlar teatrida loyihaning yakuniy qismi – O’zbekiston va Tojikiston PASCH-Maktablari o’quvchilari aktyor sifatida  o’zlari sahnalashtirgan teatr namoyishining premyerasi bo’lib o’tdi.

O’zbekistonda  2012 yildan beri  bu birinchi hududiy loyiha bo’lib, u juda muvaffaqiyatli o’tganligini  ta’kidlash joiz.

10 yil PASCH – Chorvoq/Toshkent teatr festivali

Sahifa boshiga qaytish