Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Heiko Maasning O'zbekistonga tashrifi

Federal Tashqi ishlar vaziri Maas O'rta Osiyo safarida

Federal Tashqi ishlar vaziri Maas O'rta Osiyo safarida, © Felix Zahn/photothek.net

15.09.2021 - Maqola

Afg'onistondagi siyosiy voqealar o'tgan oyda jadal sur’atlarda ro’y berdi. Bu degani, xalqaro hamjamiyat, xususan, Afg'oniston bilan chegaradosh davlatlar katta sinovlar oldida turibdi, deganidir. Tashqi ishlar vaziri Heiko Maas 2021 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha mintaqaga safar qilib, Afg'onistondagi voqealarning xavfsizligi va geosiyosiy ta'siri, himoyaga muhtoj bo'lganlar uchun chiqish yo'llari xususida muzokaralar olib bordi. 29.09.dan 30.09 gacha. u O'zbekistonda bo'ldi va hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi. Tashqi ishlar vaziri Heiko Maas safari yuzasidan shunday dedi:

Mintaqaga safar qilishimdan maqsad, Germaniyaning majburiyatlari evakuatsiya missiyasi tugashi bilan tugamasligini bildirishdir. Biz o'tgan oyda xalqaro hamkorlik va qo'llab –quvvatlash yordamida evakuatsiya missiyamizni muvaffaqiyatli amalga oshirdik va 5000 dan ortiq inson Afg'onistonni Bundeswehr ning samolyotlarida tark etishiga erishdik. O'zbekiston bu evakuatsiya jarayonida muhim rol o'ynadi. Shu munosabat bilan federal hukumat nomidan minnatdorchiligimizni yetkazib, xalqaro hamkorlik muhim bosqichda davom etishi yo’lida harakat qilmoqchimiz.

Sahifa boshiga qaytish