Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Federal tashqi ishlar vaziri Heiko Maasning 2020-yil 3-oktyabr Germaniya birligi kuni munosabati bilan tabrik so'zi

01.10.2020 - Maqola

Brandenburg darvozasida odamlarning xursandchiligi, bir-birlarini quchishlari, kulish va bir vaqtning o'zida quvonchdan yig'lashi. 1989-yil noyabrda Berlin devorining qulashi va 30 yil oldin Germaniyaning birlashishi bilan bog'liq bo'lgan shu kabi ta'sirli tasvirlar.

Odamlarning jasorati nimadan kelib chiqishini va adolat va erkinlikka intilish qanday qilib diktaturani tinch yo'l bilan yengib chiqishini butun dunyo hayrat bilan kuzatdi. 1989-yil kuzidagi voqealar hamma uchun qanchalik hayratlanarli bo'lmasa-da, Berlin devorining qulashi o'z-o'zidan paydo bo'lmadi. Aksincha, yarashtirish va yaqinlashish siyosati va o'nlab yillar davomida fuqarolik jamiyati-odamdan-odamga qaratilgan muloqot devor qulashiga zamin tayyorladi. Devorning qulashiga jasur insonlar hissa qo‘shishdi. Bir yil o'tgach, 1990-yil 3-oktyabrda ittifoqchilar va qo'shnilar bilan muntazam va jasoratli siyosiy muzokaralar natijasida ikki Germaniya davlatining birlashishi yuz berdi. Aynan ularning sharofati bilan mamlakatimiz hozirgi kunga kelib xalqaro hamjamiyatda va birlashgan, tinch Yevropada mustahkam o’rin egallab kelmoqda.

30 yillik birlik nafaqat Germaniyadagi odamlar uchun, balki dunyodagi boshqa ko'plab insonlar uchun ham tarixga nazar solish uchun imkoniyatdir. O'sha paytdagi asosiy murojaat shundan iborat ediki, ulkan maqsadlarga yolg'iz erishish mumkin emas, balki ularga erishishning faqat qo'shnilar va sheriklar bilan yaqin hamkorlikda imkoni mavjud.

Ishonchga asoslangan yaqin hamkorlik Germaniya tashqi siyosatining asosiy tamoyilidir. Umumiy yechimlar uchun kurash har doim ham hamma xohlagancha tezkor natijalarga olib kelmasa ham, murosasiz yakkaxon harakatlar va milliy egoizmga chekinish noto'g'ri yo'llardir, bu hech qanday ijobiy natija keltirmaydi.

Biz hammamiz insoniyatning buyuk muammolarini faqat birgalikda va yoki umuman hal qilib bo’lmasligini his qilib turibmiz. Buni bizga nafaqat korona pandemiyasi ko'rsatmoqda. Ushbu yechimlarning asosi ko'proq almashinish va bir-birlarini chuqurroq anglash uchun harakat bo'lishi kerak. Bu nafaqat siyosat, balki fuqarolik jamiyati, ta'lim va madaniyat sohalarining ham vazifasidir.

San'at va madaniyat ayniqsa muloqot uchun qimmatli ko'priklarni yaratadi. Ular bilan biz jamiyatimizning orzulari va og’riqli taraflarini tushunib, umumiy istiqbollarni izlay olamiz.

30 yildan buyon birlashgan Germaniya tinchlik siyosatini qo'llab-quvvatlaydi va Yevropa Ittifoqida, Birlashgan Millatlar Tashkilotida va Germaniya sheriklari bilan birgalikda boshlagan multilateralizm alyansida hamkorlik yechimlariga tayanadi.

Berlin devorining qulashi va Germaniyaning birlashishi bizga imkonsiz bo'lib tuyulgan ko'p narsalarni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Buning uchun kerakli vaqtda kerakli qarorlarni qabul qilish uchun jasorat, iroda va instinkt muhimdir. Bularning barchasi bugun ham bizga kerak: global hamjamiyat sifatida biz oldimizda juda katta muammolarga duch kelmoqdamiz. Va shunga qaramay iste'foga chiqish uchun hech qanday sabab yo'q. Agar Ikkinchi Jahon urushi dahshatlaridan so'ng, 75 yil oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilganligini eslasak, o'sha paytda odamlarning bir-biriga ishonmaslik uchun barcha asoslari bor edi. Ularning kelajakdan qo'rqish uchun ham barcha asoslari bor edi. Va shunga qaramay ular, biz ushbu Birlashgan Millatlar Tashkilotini tashkil etmoqdamiz, chunki biz birgalikda tinchlik va erkinlik uchun yaxshiroq ishlashimiz mumkinligiga ishonamiz, deganlar.

Bugun buni tez-tez eslab turishimiz kerak. Bizda umid bog‘lash uchun asos bor. Va bunday narsalar Germaniyaliklarga bugun bo‘lmasa yana qachon shu qadar a'yon bo'la oladi?

Sahifa boshiga qaytish