Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Tarixsiz siyosat bo'lmas 

13.05.2020 - Maqola

Myunxendagi Zamonaviy tarix instituti direktori professor Andreas Virshing va Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maasning Ikkinchi Jahon urushi tugaganining 75 yilligi munosabati bilan yozilga qo´shma mualliflik maqolasi

Bundesaußenminister Heiko Maas
Tashqi ishlar vaziri Hayko Maas© Thomas Imo/photothek.net

Yaqin tariximizga 1945 yil 8-may kuni kabi boshqa hech bir kun chuqurroq ta´sir ko´rsatmagan. O'sha kuni Evropada 40 milliondan ortiq marhumlarning qabrlari ustida qurollar otishdan toxtadi. Natsionalsotsialistlarning terror hukmronligi va Evropa yahudiylarining o'ldirilishi yakun topdi. Bu kun millionlab huquqlari toptalganlar va quvg'in qilinganlar uchun ozodlik kuni, qurbonlar xotirasi, adolatsizlik ustidan g'alaba qozonish kuni bo'ldi.

Bu kun nemislar 1933 yil 30-yanvarda sodir bo'lgan voqealar va natsionalsotsializmdan mustaqil ravishda qutulolmaganliklari uchun hisob bergan kundir. Xarobalarda qolgan Germaniya shaharlarida ko'pchilik odamlar kelajakka qo'rquv va umidsizlik bilan qarashardi. Rihard fon Vaytsekker nemislar nomidan, shu bilan g'arbiy Germaniya jamiyatining kamida aksariyat qusimiga tayanib, „ozod etilish“ haqida so´z ochishi uchun 40 yil kerak bo'ldi. Bunga Ikkinchi Jahon Urushidan keyin natsionalsotsializmning jinoyatlarini o´rganish hamda qiyinchiliklarga duch kelgan holda anglash orqali erishildi.

Bu tajriba - saboqlarni tarixdan, ayniqsa ularning halokatlaridan o'rganish mumkinligini anglatadi. Urush yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar bundan buyon Germaniya zaminidan boshlanishiga yo'l qoymaslik bugungi Germaniya tashqi siyosatining asosiy tamoyilidir. Bizning kuchli va birlashgan Evropani, inson huquqlarini inson qadr-qimmatining universal shakli sifatida qo'llab-quvvatlashimiz, qoidalar asosida, xalqaro hamkorlikni tarafdori ekanligimizni, Germaniyaning maxsus rivojlanish yo'nalishlarini rad etishimiz - bularning barchasi XX asrda Germaniyaning misli ko'rilmagan jinoyatlaridan va ular o'zining eng dahshatli ifodasini xolokostda topganidan anglashimizdan kelib chiqadi.

Kimki bugun nemis tarixining ushbu qismiga nuqta quymoqchi bo'lsa, u nafaqat qurbonlarni mazax qilgan bo´ladi, balki u nemis siyosatining ishonchliligini bekor qiladi. Chunki o'z-o'zini tanqid qila bilish va o'zini anglash o'zaro bog'liqdir. Bu boshqa mamlakatlarga qaraganda bizning mamlakatimizga ko'proq taluqlidir.

Tarixsiz siyosatni biz tassavur qila olmaymiz. Boshqa qilib aytganda-chi? Tarix qancha siyosatni sig'dira oladi? Deyarli har bir xalqaro uchrashuvda bular o'zaro bir biriga bog'likligini his qilishimiz mumkin. 8-may haqidagi qarashlar ham ko'pincha tubdan farq qiladi.

Rossiya va sobiq Sovet Ittifoqining boshqa mamlakatlarida qahramon xotirasi yod etiladi va urush tugashi g'alaba paradlari bilan nishonlanadi. 8-may, shuningdek, g'arbiy Ittifoqchilar tomonidan ham nishonlanadi. Natsistlar diktaturasiga qarshi kurashganlarning barchasiga hali ham minnatdormiz.

Polsha, Boltiqbo'yi davlatlari va Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Evropaning boshqa mamlakatlari aholisi 8-may kuniga nisbatan turli xil his-tuyg'ularga ega. Ular uchun Mnatsionalsotsializm ustidan g'alaba quvonchi ozodsizlikning boshqa ko'rinishi va boshqalar tomonidan boshqaruv bilan bog'liq – ular va Sharqiy Germaniyada ko'plab odamlarga tanish bo'lgan tajriba.

8 may bir narsani aniq ko'rsatib turibdi: tarix bizlarni nafaqat inson sifatida, balki millatlar sifatida ham shakillantiradi. Shuning uchun  tarix bilan boglik bo´lgan munosabat samimiy bo'lishi juda muhimdir. Germaniya o'tmishi revizionizm xavfini – sog'lom fikirlashni milliy afsonalar bilan almashtirganlikni, ko'rsatmoqda. Shuning uchun, aynan biz nemislar, - qandaydir taxminiy axloqiy ustunlik tufayli emas, balki jabirlanuvchilar hujumchilarga va qurbonlar jinoyatchilarga aylantirilganda aniq pozitsiya egallashimiz zarur. So'nggi bir necha oy ichida tarixni shunday shafqatsiz tarzda qayta yozishga urinish bizdan aniqlikni kiritishimizni talab qiladi, bu ajralmas tarixiy haqigat alslida shubxa tugdirmasligi kerak: faqatkina Germaniya Ikkinchi Jahon urushini Polshaga hujum qilish bilan boshladi. Va Xolokostning jinoyati uchun Germaniyaning o'zigina javobgardir. Kimki bunga shubha qilsa va boshqa xalqlarni jinoyatchining roliga tortsa, qurbonlarga adolatsizlik qilgan bo´ladi. U tarixdan foydalanadi va Evropani ajratadi.

Ammo qanday qilib 8-may xotirasi bizlarni birlashtiradigan tarzda Evropa xotirasida ajralmas joy olishi mumkin? Bu kuyidagilarni talab qiladi: bir tomondan  boshqalarning nuqtai nazarini o'z xotiralarimizga va ikkinchidan qurbonlarning og'riq va shuningdek aybdorlarning javobgarligini kirib borishiga yo´l quyish. Jabrlanuvchi va jinoyatchini, afsona va tarixiy haqiqatni aniq ajratish uchun jasorat kerak. Shu yo'nalishda harakat qilish Germaniya siyosatining tarixga bo'lgan   munosabatining maqsadi va vazifasi bo'lib qoladi. Yaxshiki 8-may bizga buni eslatib turadi.

Sahifa boshiga qaytish