Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

"Qo'g'irchoq" nomli nemis ovozsiz filmi  "So'g'diyona" orkestri musiqiy hamrohligida Toshkent viloyatida gastrollar bilan

So'g'diyona orkestri Qarshida

"So'g'diyona" orkestri Qarshida, © Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi

20.11.2019 - Maqola

"So'g'diyona" o'zbek milliy cholg'u asboblari orkestri 25, 27 va 29 noyabr kunlari Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasining "Qo'g'irchoq" nomli loyihasi bilan gastrol safarida.  


"Qo'g'irchoq" filmi 1919 yilda suratga olingan nemis rejissyori Ernst Lyubichning asari. O'sha paytlar ovozsiz filmlarga bir yoki ikkita musiqachi tomonidan musiqiy hamrohlik qilingan.


"Soʻgʻdiyona" orkestri bir soat davomida yevropa va oʻzbek mumtoz musiqasining turli janrlaridan musiqiy kompozitsiyalar bilan bir qatorda estrada musiqasini ham ijro etadi. Har bir musiqiy parcha film syujetiga uyg'un ravishda mos keladi va kino va musiqaning birligi seziladi. Aynan mana shu kino va musiqaning uyg'unligi spektaklni tomoshabinlar uchun yanada jozibador qilib beradi.


Germaniya elchixonasi So'g'diyona orkestrining mahoratli musiqachilariga, xususan uning badiiy rahbari va dirijori, professor Firuza Abdurahimovaga hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Sahifa boshiga qaytish