Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi

Shtaynmayerning O'zbekistonga tashrifi

Frank-Valter Shtaynmayer va uning rafiqasi Elke Byudenbender Urganch shahrida, © bpa

Maqola

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer 27-29 may kunlari O'zbekistonga tashrif buyurdi.


Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldida faxriy mehmon bilan uchrashdi. Davlat darajasidagi muzokaralardan so'ng Frank-Valter Shtaynmayer Mustaqillik monumentiga gul qo'ydi.


Kunning ikkinchi yarmida Federal Prezident Shtaynmayer ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv chog'ida va paxta ip ishlab chiqaruvchi fabrikaga tashrifi davomida savdo va investitsiya imkoniyatlari bilan tanishdi. Federal prezident fuqarolik jamiyati vakillari bilan joriy rivojlanish masalalarini muhokama qildi. Kechqurun Toshkentdagi Gyote instituti filialida rassom va san'atkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Tashrifning so'nggi kuni Federal Prezident Shtaynmayer Urganch davlat universitetining talabalari bilan uchrashdi va tarixiy shahar Xivaga tashrif buyurdi.

Federal prezident Shtaynmayer tashrifiga oid fotosuratlar galereyasiga o'tish

Sahifa boshiga qaytish