Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

CrossCulture dasturi bo'yicha 2019 yil uchun stipendiyalar

Ifa

Ifa, © ifa

Maqola

Arizalar 2018 yil 21 dekabrgacha online topshirilishi mumkin.

2005 yildan beri Germaniyaning Halqaro aloqalar instituti (ifa) dunyoning boshqa mamlakatlari bilan madaniy muloqotni yaratish va mustahkamlash yo’lida Germaniya tashqi ishlar vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

CrossCulture dasturi 23-45 yosh o’rtasidagi mutaxassislarga  o’z kasbiy va siyosiy salohiyatini kengaytirish hamda Germaniyada 8-12 haftalik  stipendiya dasturida ishtirok etib, madaniyatlararo tajriba to’plash imkonini beradi.

Dasturdan ko’zlangan maqsad joylarda fuqarolik jamiyatini kuchaytirish va mamlakatlar o’rtasida muloqot tizimini yaratishdir.

Ushbu dastur va unda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi sahifadan olishingiz mumkin (ingliz tilida):

www.crosscultureprogramm.de


Sahifa boshiga qaytish