Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

O’zbek musiqasining nemis ovozsiz filmiga hamrohligi – „So’g’diyona“ orkestrining O’zbekiston bo’ylab turnesi

04.12.2018 - Rasmlar galereyasi

Qariyb 100 yillik nemis filmiga o’zbek milliy orkestri hamrohlik qilganda bu naqadar zamonaviy va jozibali bo’lishini o’tgan xafta 2000 dan ziyod tomoshabin O’zbekiston bo’ylab o’tkazilgan konsertlarda o’zlari bevosita his qildilar.

Toshkentdagi Germaniya elchixonasi va „Knauf“ firmasining xomiyligida O’zbek milliy xalq cholg’ulari kamer orkestri „Qo’g’irchoq“ nomli nemis ovozsiz filmiga musiqiy hamrohlik bilan Buxoro, Qarshi, Termez va Toshkent shaharlarida konsertlar berdi.

„Qo’g’irchoq“ filmi - tragik va satirik ohanglarga ega komedik filmlarning ajoyib yaratuvchisi, nemis rejissyori Ernst Lyubich tomonidan 1919 yilda suratga olingan. U paytlarda filmlarga musiqiy hamrohlik bir-ikki musiqachi tomonidan amalga oshirilgan.

Bir soat davom etgan filmga „So’g’diyona“ orkestri evropalik va o’zbek klassik musiqasining turli janrdagi kompozitsiyalari bilan hamrohlik qildi. Xar bir musiqiy passaj film syujetlariga juda hamohang bo’lib, film va musiqa birligi yaqqol sezilar edi. Film mazmuniga hamohang bu taronalar  tomoshabinlar tomonidan qizg’in kutib olindi.

Germaniya elchixonasi “So’g’diyona” orkestrining moxir ijrochilari va ayniqsa uning badiiy rahbari va dirijyori, professor Feruza Abdurahimovaga o’zining alohida minnatdorchiligini bildiradi.

Sizga turne davomida Buxoro, Qarshi, Termiz va Toshkent shaharlarida olingan ayrim rasmlar jamlamasini taqdim etamiz.

O’zbek musiqasining nemis ovozsiz filmiga hamrohligi – „So’g’diyona“ orkestrining O’zbekiston bo’ylab turnesi

Sahifa boshiga qaytish