Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Germaniyaning UNESCO bo’yicha komissiyasining “Kulturweit” madaniy ko’ngillilar xizmati. Ko’ngilli Dilan Yuchel bilan intervyu

13.11.2018 - Rasmlar galereyasi

Germaniyaning UNESCO bo’yicha komissiyasining “Kulturweit” ko’ngillilar xizmatining maqsadi yoshlarda madaniyatlararo omilkorlik va kosmopolitizmni shakllantirishdir.

“Kulturweit” - bu halqaro ko’ngillilar dasturi bo’lib, unig maqsadi horijda madaniyat va ta’lim siyosatiga yordam berishdan iborat. Dasturda 18 dan  26 yoshgacha bo’lgan nemis yoshlari ishtirok etishi mumkin.

“Kulturweit” orqali yosh nemislar 6 yoki 12 oy davomida o’zining global mas’uliyatini ko’rish va his qilishni o’rganadilar va shuning uchun ular butun bunyoda madaniyat va ta’lim sohasida ishlab, 70 dan ortiq mamlakatda madaniyatlararo muloqot, o’zaro ishonch va bir-birini tushunish muhitini rivojlantirishga o’z hissasini faol qo’shib kelmoqdalar. Ushbu davlatlar qatoriga O’zbekiston ham kiradi.

 Dinal Yuchel – bir yil mobaynida, 2017 yil sentyabr oyidan 2018 yil sentyabr oyigacha Samarqanddagi 1-raqamli akademik litseyda faoliyat yuritdi.

Biz unga mamlakat va odamlarga oid taasurotlari, madaniy ko’ngilli bo’lishining sababi, nimaga aynan O’zbekistonni tanlagani, bu yerda uni nimalar hayron qoldirgani, bu mamlakat to’g’risida avval eshitganligi to’g’risida va boshqa savollar bilan murojaat etdik.

“Men uchun madaniy ko’ngilli bo’lish kichik diplomat sifatida dunyoni nemis madaniyati va tili bilan tanishtirishni anglatadi” – deydi Dilan.

“Maktabni bitirganimdan so’ng men horijga borishni juda hohlagan edim va “Kulturweit” men uchun eng yaxshi dastur edi. Men dunyoni o’rganish, yangi tajriba orttirish va boshqa madaniyat bilan tanishishga juda intilgan edim.

Nima uchun aynan O’zbekistonni tanlading va bu yerga kelishdan oldin qo’rquv bormidi? – “Menga O’zbekistonga borishni taklif etishdi. Bu mamlakat to’g’risida avval hechbir ma’lumot, uning qayerda joylashishi to’g’risida umuman tasavvurga ega emas edim. Ha, men uchun juda qo’rqinchli edi, eng avvalo men ko’p yolg’iz bo’lishdan qo’rqdim, lekin mening qo’rquvlarim bekor ekan, hammasi men o’ylagandan boshqacha bo’lib chiqdi. Yonimda hamisha kimdir bor edi. Litsey o’quvchilari, boshqa ko’ngillilar va do’stlarim bilan  har doim nimadir bilan band bo’lar edik. Yolg’izlik u yeqda tursin, zerikib qolganim ham yo’q bu yerda”.

O’zbekiston odamlari qanday ekan, ularning mentaliteti, o’zini oqlamagan tasavvurlar bormidi? O’zbekiston yoshlarichi, ular bilan muloqot qilish qiyin kechmadimi? -  “Men kutgandan mutlaqo boshqacha bo’lib chiqdi. O’zimni umuman begona his qilganim yo’q. Hamma odamlar menga katta qiziqish bilan qarar va hamisha yordam berishga tayyor edilar. Albatta anglashmaovchilik holatlari ham bo’lib turdi, biroq bu arzimas narsalar edi. O’zbekistonni  Germaniyada ko’pchilik juda diniy mamlakat deb tasavvur qilishadi, lekin bunday emas ekan. Odamlraning senga bo’lgan munosabati sening diniy qarashlaringga bog’liq emas ekan. Samarqanda kelganimdan kelganimda, litseydagi yoshlar bilan tez do’stlashib oldim, barchasi nemis tilida yaxshi so’zlashar va nemis yoshlaridan katta farq qilishmas edi”.

Madaniy ko’ngilli sifatida kundalik ish faoliyating nimalardan iborat edi hamda nima eng esda qolarli bo’ldi? – “Samarqanddagi 1-sonli litseyda darslarda assistentlik qilardim. Men ko’p loyihalarda qatnashdim, masalan, teatr sahnalashuvi, turli tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish, shu jumladan, Germaniya Elchisining tashrifiga tayyorgarlik ko’rish. Eng esda qolarlisi, o’quvchilarim bilan men yashagan uyda “Weinachten” (rojdestvo) bayramini nishonlashdir. Biz birga turli pishiriqlar tayyorladik. Litseyda rojdestvodan oldingi kunlar ham menga juda yoqdi.

O’zbekiston bo’ylab sayr qilish imkoni bo’ldimi? O’zing bilan yodgorlik sifatida bu yerdan nimani olib ketyapsan? – “Bu masalada mening omadim chopdi, chunki litsey menga sayr qilish uchun yetarlicha vaqt berdi, va men juda ko’p sayr qildim. Uncha turistik hisoblanmagan joylar menga ko’proq yo’qdi, masalan, Nukus shahri. O’zbekistonni menga o’zbek milliy libosi “ko’ylak” hamisha eslatib turadi.

O’zbekistonga safar qilayotgan nemislarga nimani maslahat qilgan bo’lar eding? – “Ozgina rus tili bilan butun mamlakatni aylanib chiqsa bo’lar ekan. Va tipik o’zbekona spontanlikka sho’ng’ib ko’ring! Bizda Germaniyada bu ko’p uchramaydi”.

Kelajakka rejalaring? – “Germaniyaga qaytganimdan so’ng Dyusseldorf universitetdida tibbiyotni o’qimoqchiman. Kim bilsin, balkim qachonlardir O’zbekistonga shifokor sifatida qaytarman”.

Germaniyaning UNESCO bo’yicha komissiyasining “Kulturweit” madaniy ko’ngillilar xizmati. Ko’ngilli Dilan Yuchel bilan intervyu

Sahifa boshiga qaytish