Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Germaniya Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari  Niels Annenning O'zbekistonga tashrifi

Staatsminister Annen

Staatsminister Annen, © Botschaft Taschkent

21.09.2018 - Maqola

19-21 Sentyabr kunlari O'zbekistonga xizmat safari bilan Germaniya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari  Niels Annen tashrif buyurdi.

Annen  o'z tashrifi davomida Fridrix Ebert jamg'armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "O'zbekiston va Germaniya: Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik" mavzusidagi davra suhbatida o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma'ruza matni (ingliz tilida):

Tashrif dasturi doirasida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Sodiq Safaev, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Bosh Vazir o'rinbosari O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi raisi Tanzila Narbaeva va boshqa mutasaddilar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Tashrif yakunida janob Annen Samarqand shahrini ham ziyorat qilib, Registon maydoni obidalari bilan yaqindan tanishdi.

Sahifa boshiga qaytish