Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
O’zbekiston oliygohlari uchun "Go East Sommerschulen 2019" dasturi

Go East-2019, © https://goeast.daad.de/de/23378/index.html
O’zbekiston oliygohlarida nemis talabalari uchun yozgi maktablar "Go East Sommerschulen 2019" dasturiga tanlov e’lon qilindi.
Dastur Germaniya talabalari uchun yozgi maktablarni tashkil etishni istagan O'zbekiston oliygohlarini qiziqtirishi mumkin. DAAD O'zbekistonda tashkil etiladigan yozgi maktablarda nemis talabalarining ishtiroki uchun tanlovdan o’tgan oliygohlarni qo'llab-quvvatlaydi.
Shunday tariqa, nemis talabalari O'zbekistondagi ta'lim tizimi bilan tanishish, bu yerda o’z malakasini oshirish va mahalliy madaniyat va an'analar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Dasturda ishtirok etishni hohlagan O’zbekiston oliygohlari joriy yilning 8 noyabriga qadar pastda keltirilgan havola orqali (ma’lumot nemis va ingliz tillarida) ariza topshirishlari mumkin: