Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maasning Ramazon oyi  yakuni (Iyd ul-Fitr bayrami) munosabati bilan qutlovi

Id al-Fitr

Id al-Fitr, © Colourbox.de

15.06.2018 - Maqola

Butun islom ahliga Iyd ul-Firt - Ramazon hayit bayrami muborak bo´lsin.

Ramazon oyi butun dunyodagi mo'min musulmonlar uchun o´ziga xos davr hisoblanadi - bu insonlar uchun nafaqat o´zini anglash imkoni, balki hamjihatlik va birlashish vaqti hamdir. Shuning uchun biz o'z samimiy tilaklarimizni barchaga, ayniqsa bayramni o´z oilasi va do´stlari davrasida nishonlay olmayotganlarga qaratmoqchimiz.

Hamjihatlik, tinch-totuvlik va hurmat-ehtirom belgilari notinch davrda har qachongidan ham muhimdir: inqirozlarni va nizolarni faqat o´zaro intilish va bir-birimiz bilan muloqotga kirishsakkina yengishimiz mumkin.

Bugungi kabi bayramlar diniy chegaralar, siyosiy farqlar va xilmaxilliklarga ahamiyat bermasdan bag´rikenglik, murosa va tinchlik uchun mas'uliyatimizni yaqqol eslatib turadi.

Hayko Maas